Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azo sektoridan Isroilga o‘nlab raketalar uchirildi
Isroil janubi va markazi G‘azo sektoridan o‘qqa tutildi. Bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi.

Foto: Videodan kadr
7 oktyabr, shanba kuni tongda G‘azo sektoridan Isroilga o‘nlab raketalar uchirildi. Mamlakat janubi va markazi, jumladan Tel-Aviv nishonga olindi. Bir qator shaharlarda havo hujumidan ogohlantirish e’lon qilindi va havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushirildi. Turar joy binolariga zarar yetkazilgani haqida xabar berilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma natijasida bir isroillik halok bo‘lgan, bir necha kishi yaralangan.
Isroil armiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, noma’lum sonli jangchilar o‘qotar qurollar bilan G‘azo sektoriga mamlakatning chegara hududlariga kirib kelgan. Aholidan o‘z uyida qolish so‘ralgan.
Isroil hududlarida favqulodda holat e’lon qilindi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu yaqin soatlarda xavfsizlik tizimi rahbariyati bilan tezkor uchrashuv o‘tkazadi, deya xabar beradi uning idorasi. Mudofaa vazirligi rezervchilarning ommaviy chaqiruvi va G‘azo sektoridan 80 km radiusda favqulodda holat joriy etilishini e’lon qildi.
Shanba kuni Isroil yahudiy kalendariga ko‘ra Simxat-Tora bayramini nishonlaydi. Bayram arafasida G‘arbiy Sohil va G‘azo bilan chegaradagi chegara punktlari yopildi.
HAMAS harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi
Falastinning HAMAS tashkiloti harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Deyf hujumlardan so‘ng Isroilga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. HAMAS Isroil «jinoyatlari»ga chek qo‘yishga qat’iy qaror qildi, dedi u.
O‘z navbatida, Isroil mudofaa kuchlari HAMAS o‘z hujumi uchun «juda yuqori narx to‘lashini» aytdi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

07:36
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda

00:46
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi

20:17 / 24.07.2025
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi

22:44 / 23.07.2025