Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 noyabrdan Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha yangi talablar kuchga kiradi
1 noyabrdan e’tiboran kuchga kiruvchi yangi norma talablariga javob bermagan turoperatorlarga Umra tadbirlarini tashkil etish huquqi berilmaydi.

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq fuqarolarga Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur qaror bilan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2023 yil 1 noyabrdan boshlab amalga kiritiladi.
Endilikda Umra tadbirlarini turoperatorlar tomonidan amalga oshirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ravishda diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining «Dinshunoslik», «Islomshunoslik», «Islom tarixi va manbashunosligi», «Ziyorat turizmi» va «Islom huquqi» ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan taqdirda, litsenziya talabgori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasi uchun ochilgan quyida keltirilgan bank rekvizitiga zaxira qilinganligi haqidagi ma’lumotni o‘zi mustaqil tarzda olishi zarur.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 noyabridan e’tiboran kuchga kiruvchi yangi norma talablariga javob bermagan turoperatorlarga Umra tadbirlarini tashkil etish huquqi berilmaydi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

15:50 / 15.10.2024
“Bu katta miqdor emas” – Diniy qo‘mita raisi Umra litsenziyasining 1 million dollarlik sharti haqida

13:55 / 03.10.2024
Umra litsenziyasi bo‘yicha yangi talablar yaqin kunlarda e’lon qilinishi aytildi

20:41 / 24.09.2024
“5 oktyabrdan Umra turfirmalari amaldagi litsenziyasi bilan ishlay olmaydi” – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

09:00 / 18.09.2024