Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Yun Fossega berildi
Norvegiyalik yozuvchi va dramaturg o‘z pesalari va nasriy asarlarida «so‘zlab bo‘lmaydigan narsani ifoda etgani uchun» bu mukofotga loyiq ko‘rildi.

Foto: Getty Images
Norvegiyalik yozuvchi va dramaturg Yun Fosse 2023 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi. Shvetsiya akademiyasi a’zolarining qarori 5 oktyabr, payshanba kuni e’lon qilindi.
Hakamlar hay’ati Fossening «so‘zlab bo‘lmaydigan narsani ifoda etuvchi» pesalari va nasriy asarlarini yuqori baholadi. Shvetsiya akademiyasining ta’kidlashicha, norvegiyalikning ijodi juda katta va turli janrlarni qamrab oladi.
BREAKING NEWS
— The Nobel Prize (@NobelPrize) October 5, 2023
The 2023 #NobelPrize in Literature is awarded to the Norwegian author Jon Fosse “for his innovative plays and prose which give voice to the unsayable.” pic.twitter.com/dhJgGUawMl
O‘tgan yillardagi laureatlar
2022 yilda mukofot fransiyalik Anni Ernoga, undan bir yil avval tanzaniyalik nosir Abdulrazzoq Gurnaga, 2020 yilda esa amerikalik shoira Luiza Glyukka nasib etdi. 2019 yilda mukofot birdaniga ikkita laureatga topshirildi: 2018 yilgi mukofot polshalik yozuvchi Olga Tokarchukka, 2019 yilgi mukofot esa avstriyalik Peter Handkega berildi. Bunga Shvetsiya akademiyasida mojaro tufayli 2018 yilda mukofot berilmagani sabab bo‘lgan.
2017 yilda asli kelib chiqishi yaponiyalik britaniyalik yozuvchi Kadzuo Isiguro g‘olib bo‘ldi. 2016 yilda mukofotni amerikalik musiqachi Bob Dilan, undan bir yil avval - belaruslik yozuvchi Svetlana Aleksiyevich olgan. 1901 yildan 2022 yilgacha jami 119 kishi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan, ulardan 17 nafari ayollar.
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati nomi 6 oktyabr kuni Osloda, iqtisod bo‘yicha mukofotni topshirish qarori esa 9 oktyabr kuni Stokholmda e’lon qilinadi. 2023 yilda mukofotlar miqdori 11 million shved kronasini (taxminan 946 ming yevro) tashkil etadi. Oltita Nobel mukofotini barcha g‘oliblarga topshirish, an’anaga ko‘ra, 10 dekabr - Alfred Nobel vafot etgan kuni bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33 yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi
O‘zbekiston | 10:59
-
Zelenskiy korrupsiyaga qarshi idoralar mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi
Jahon | 10:54
-
Hafta oxirida harorat sezilarli darajada salqinlashadi
O‘zbekiston | 10:47
-
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42
Mavzuga oid

11:47 / 08.07.2025
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi

14:13 / 19.06.2025
Malayziya O‘zbekistonga 20 ming dollarlik ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi

21:59 / 21.03.2025
“Prezident safardaligida otamni yo‘qotmoqchi bo‘lishgan” - yaqinlari Abdulla Oripov haqida

01:51 / 11.12.2024