Portlashdan keyin: Sergelida ta’mirlash ishlari davom etmoqda
Sergelida sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng zarar yetgan xonadonlar ta’mirlanmoqda. Cingan, yaroqsiz holatga kelib qolgan eshik-derazalar yangisiga almashtirilmoqda. Kun.uz muxbiri hududda olib borilayotgan ta’mirlash-tiklash ishlari bilan tanishdi.
«Oddiy ishchidan tortib, to hokimiyatgacha — askarlarimizga, ichki ishlar xodimlariga, kimki shu yerda qatnashayotgan bo‘lsa, o‘zbekning kimligini ko‘rsatyapti. Hech qachon bunday falokat bo‘lmasin», — deydi portlash bo‘lgan hududda yashovchilardan biri.
Kun.uz bilan suhbatda bo‘lgan yana bir aholi vakili ta’mirlash ishlari tezkorlik bilan bajarilayotganini qayd etdi.
Xonadonida ta’mirlash ketayotgan otaxon shunday deydi: «4 ta deraza, 2 ta eshik buzildi. 28 centyabrdan beri har kuni 3 mahal ovqat berishdi. Yordam katta bo‘ldi. Baraka topishsin».
28 centyabr kuni Toshkentning Sergeli tumani Quruvchilar dahasidagi Interlogistics kompaniyasiga qarashli omborda sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, bitta maktab va ikkita bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetdi.
Toshkent shahar hokimi zarar ko‘rgan xonadonlar va ijtimoiy obektlarni ta’mirlashni poytaxt tumanlarining hokimliklariga taqsimlab berdi.
Dastlabki ma’lumotlar talafot summasi 5,5-6 mlrd so‘m ekanini ko‘rsatdi. Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov zarar miqdori o‘zgarishi mumkinligi va uning 10 mlrd so‘m atrofida bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Hidoyatov Kun.uz’ning nima sababdan ta’mirlash-tiklash xarajatlari davlat hisobidan bo‘layotgani haqidagi savoliga: «Zararni albatta MChJga to‘latamiz. Davlatning puli ko‘chada qolmagan» deya javob berdi.
Kun.uz bilan suhbatda bo‘lgan advokat Ruslan Sodiqov portlash oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha xarajatlar va ko‘rilgan zararlar keyinchalik voqeada aybdor deb topilgan shaxslardan undirilishini aytdi. Advokat omborni sotib bo‘lsa-da yetkazilgan zarar qoplanishini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi mahallada giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan yosh yigitlar aniqlandi
Jamiyat | 12:05
-
Navbahor Hamidova jahon kubogida chempion bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi
Sport | 11:56
-
Rossiya aeroportlarida 400 ga yaqin reys bekor qilindi yoki kechiktirildi
Jahon | 11:44
-
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41
Mavzuga oid

18:29 / 04.07.2025
Rimda zapravkada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Kamida 20 kishi jarohat oldi

12:20 / 03.07.2025
Jitomir yaqinidagi portlashlar: ikki korxona yakson etilgan

21:28 / 02.07.2025
Moskva markazida ichida FSB veteranlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

10:13 / 02.07.2025