Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatning 45-yalpi majlisi 29 sentabr kuni chaqiriladi
Parlament yuqori palatasining navbatdagi yalpi majlisini chaqirish yuzasidan Senat kengashi qarori qabul qilindi.

Foto: Oliy Majlis Senatining axborot xizmati
Joriy yilning 27 sentabr kuni Oliy Majlis Senati kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Majlisda Senatning qirq beshinchi yalpi majlisini 2023 yilning 29 sentabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qayd etilganidek, video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi, “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, yalpi majlisda “Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangani munosabati bilan “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, senatorlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash, Senat kengashining qarorlarini tasdiqlash masalalarini ko‘rib chiqadi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi
Iqtisodiyot | 07:50
-
Eron rasmiysi: Zangezur yo‘lagi «Tramp yollanma askarlari qabristoni»ga aylanadi
Jahon | 07:41
-
Hafta boshida harorat 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 07:32
-
O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik asosida iqtisodiy faollik baholandi
Iqtisodiyot | 07:17
Mavzuga oid

19:07 / 02.08.2025
O‘zbekiston Xalqaro metrik konvensiyaga qo‘shilmoqchi. Bu nima beradi?

18:12 / 02.08.2025
Muammolar girdobidagi qurilish sektori. Senat Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yubordi

23:00 / 01.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda

11:40 / 23.07.2025