Vladivostokda voyaga yetmagan ikki farzandi bilan og‘ir ahvolda qolgan ayol Toshkentga qaytarildi
Bosh konsullik xorijda mushkul ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlikka insonparvarlik yordami ko‘rsatdi.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston fuqarosi N.N. voyaga yetmagan ikki nafar farzandi bilan Vladivostok shahrida moliyaviy jihatdan mushkul ahvolga tushib qolgani bois amaliy ko‘mak so‘rab bosh konsullikka murojaat qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Uning murojaati o‘rganib chiqilganda, fuqaro joriy yilning iyun oyida ishlash uchun Rossiyaning Primorsk o‘lkasiga farzandlari bilan kelgani ma’lum bo‘ldi. Joriy yil avgust oyida oilaviy janjal chog‘ida olingan tan jarohati tufayli u Vladivostok shahridagi 2-klinik shifoxonasi jonlantirish bo‘limida davolangan. Voyaga yetmagan farzandlari Vladivostok shahridagi Primorsk o‘lka psixonevrologik bolalar uyiga vaqtincha joylashtirilgan.
So‘ngra u uy sharoitida davolanib kelgan, ishlashning imkoniyati bo‘lmagani bois tibbiyot muolajalarini qoplashda jiddiy moddiy qiyinchiliklarga ro‘para bo‘lgan.
Fuqaro arizasiga muvofiq, bosh konsullik mezbon davlatning tegishli tashkilotlari bilan muzokaralar olib borgan, natijada farzandlari onasiga olib berilgan.
“Mehr” loyihasi jamg‘armasidan O‘zbekistonga qaytishi uchun ona-bolalarga Uzbekistan airways aviakompaniyasining Vladivostok–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnoviga chipta xarid qilindi. So‘ngra ular O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid

12:25 / 07.04.2025
Rossiyada amerikalik Blekka chiqarilgan hukm yumshatildi

21:19 / 08.03.2025
Rossiyada og‘ir tan jarohati olgan erkak O‘zbekistonga qaytarildi

22:40 / 07.03.2025
AQSh G‘arbiy Yevropadagi o‘nga yaqin konsulligini yopishni rejalashtirmoqda

14:40 / 21.10.2024