Serdar Berdimuhamedovga Turkmaniston qahramoni unvoni berildi
Uning Turkmaniston milliy mustaqilligi asoslarini, mamlakat betarafligi tamoyillarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi e’tirof etildi.

Foto: Turkman.news
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.
24 sentabr kuni Xalq Maslaxati yig‘ilishida Serdar Berdimuhamedovga Turkmaniston Qahramoni unvonini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakat milliy parlamenti spikeri Dunyogo‘zal Gulmanova Turkmaniston Majlisining «Turkmaniston prezidenti Berdimuhamedov Serdar Gurbanguliyevichga Turkmaniston Qahramoni unvonini berish to‘g‘risida»gi qarorini o‘qib eshittirdi.
Qayd qilinishicha, davlat rahbari Turkmaniston milliy mustaqilligi asoslarini, mamlakat betarafligi tamoyillarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, davlatni jadal rivojlantirish, xalqaro nufuzini mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun Turkmaniston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Serdar Berdimuhamedov 2022 yil mart oyida Turkmaniston prezidenti bo‘ldi. Shu paytgacha «Mustaqil Turkmanistonga buyuk muhabbati uchun» ordeni, shuningdek, «Turkmaniston mustaqilligining 25 yilligi», «Turkmaniston neytralitetining 25 yilligi» medallari bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid

15:02 / 30.06.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov taekvondo bo‘yicha «9-dan» faxriy unvonini oldi

19:06 / 21.06.2025
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

09:37 / 16.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

17:54 / 06.06.2025