O‘zbekiston fuqarolari chet davlatlarning (shu jumladan, Rossiyaning) harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollangani uchun O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154,1-moddasiga ko‘ra 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi eslatib o‘tilgan.
- 2023 yil yozida Rossiya tomoni Donetsk oblastida O‘zbekistondan kelgan quruvchilarning pasportlarini olib qo‘yib, ularni ko‘ngilli sifatida urushga yuborgani haqida xabar tarqalgandi.
- Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning ushbu davlatga qarshi urushida qatnashmaslik va Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlariga bormaslikka chaqirgandi.