Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bug‘doy yetishtirish jarayoni Isroil texnologiyalari asosida nazorat qilinadi
Shuningdek, o‘zbekistonlik talabalarning Isroil o‘quv markazlarida malaka oshirish va amaliyot o‘tash imkoniyati ishlab chiqilmoqda.

Foto: TASS
O‘zbekiston elchisi Feruza Mahmudova Isroil qishloq xo‘jaligi va hududlarni rivojlantirish vaziri Avi Dixter bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari va kun tartibi muhokama qilindi.
Isroil qishloq xo‘jaligi va hududlarni rivojlantirish vaziri Avi Dixter shu yil 7-8 sentabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston hukumati tomonidan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ko‘magida o‘tkazilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya va uning natijalarini yuqori baholadi. U, shuningdek, ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarning faol dinamikasidan mamnunlik bildirdi.
Tomonlar o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumiga muvofiq, Isroil texnologiyalari asosida O‘zbekistonda bug‘doy yetishtirish jarayonlarini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bu borada isroillik mutaxassislarning O‘zbekistonga ishchi safarini amalga oshirish masalasi hamda o‘zbekistonlik talabalarning Isroil o‘quv markazlarida malaka oshirish va amaliyot o‘tash imkoniyatlari ishlab chiqilmoqda.
Isroil tomoni, shuningdek, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining ushbu davlatga tashrifini o‘zbek tomoni uchun maqbul bo‘lgan vaqtda tashkil etishdan manfaatdorligi ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

21:32 / 27.07.2025
Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi

14:03 / 27.07.2025
Isroilning G‘azodagi Gumanitar fondi sobiq qo‘riqchisi harbiy jinoyatlarga guvoh bo‘lganini so‘zlab berdi

07:36 / 25.07.2025
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda

00:46 / 25.07.2025