Qibrayda ishdan olingan 47 nafar mansabdor o‘rniga yangi rahbarlar tayinlandi
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tomonidan Qibray tumanida rahbar kadrlar tarkibini to‘liq yangilash jarayoni yakuniga yetkazilgani aytildi.

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev
Toshkent viloyatining deputat, keksalar va faollardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhi Qibray tumanida 20 kun mobaynida hokimlik hamda korxona va tashkilotlardagi rahbar xodimlarning faoliyatini to‘liq o‘rganib, lavozimiga noloyiq deb topilgan kadrlarni almashtirish to‘g‘risida viloyat hokimligiga tavsiya xatini kiritgan edi. Shundan so‘ng, viloyat hokimi Zoir Mirzayev rahbar xodimlardan 47 nafarini lavozimidan ozod etdi.
Qayd qilinishicha, Qibray tumanida rahbar kadrlar tarkibini to‘liq yangilash jarayoni yakuniga yetkazildi va 47 nafar mansabdor o‘rniga yangi rahbarlar tayinlandi. Ularning qariyb barchasi shu tumanda tug‘ilgani aytilmoqda. Shuningdek, viloyat korxona va tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelayotgan 7 nafar kadr Qibrayga ishlash uchun yuborilgan.
Rahbar kadrlar tarkibinining yosh koeffitsiyenti bo‘yicha Qibray tumani viloyatda birinchi o‘ringa chiqqani ta’kidlanmoqda. Lavozimga tayinlanganlarning 25 nafari 25-35 yoshgacha bo‘lgan kadrlar.
Xabarga ko‘ra, bu kadrlar Prezident administratsiyasi huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi orqali Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli o‘quv kursida ta’lim oladilar va test topshiradilar.
Mavzuga oid

17:57 / 21.06.2025
O‘rta Chirchiqda hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan yigit taqdirlandi

11:05 / 13.06.2025
Toshkent viloyatidagi «og‘ir» toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

20:55 / 12.06.2025
“1 soatda bitadigan muammoni 1,5 yildan beri cho‘zishmoqda” – Zangiotada tayyor yangi maktab ish boshlamayapti

23:20 / 09.06.2025