O‘zbekiston | 08:19 / 21.09.2023
2236
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududida mahsulot va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi joriy etiladi 

Xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, foydalanish, iste’mol qilish, transportda tashish, saqlash va utilizatsiya qilishda atrof-muhitga ta’siri bir turdagi mahsulotlar guruhi uchun ekologik markirovkalash standartlarida belgilangan mezonlarga mos keluvchi mahsulotlar va xizmatlar ekologik markirovkalash obekti hisoblanadi.

“O‘zbekistonda mahsulot va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining O‘zbekiston hududida ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq butun hayotiy davri bo‘yicha (I tip) Yashil belgi (Green Mark) mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

Ekologiya vazirligi mahsulot va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalashni tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilanadi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish hujjatlarini, shu jumladan, ekologik markirovkalash tizimi va ekologik markirovkalash organini avtorizatsiyadan o‘tkazish qoidalari, xorijiy davlatlarining ekologik markirovkalari bilan o‘zaro tan olish hamda ekologik markirovka belgisini qo‘llash tartiblarini tasdiqlash; 

ekologik markirovkalash organlariga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash;

ekologik markirovkalash standartlariga muvofiq, ekologik jihatdan afzal, shu jumladan resurslarni tejovchi, kam chiqitli va chiqindisiz, atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlarni keng ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va kiritish;

ekologik markirovkalash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

ekologik markirovkalash standartlarini ishlab chiqish;

ekologik markirovkalash sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.

Xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, foydalanish, iste’mol qilish, transportda tashish, saqlash va utilizatsiya qilishda atrof-muhitga ta’siri bir turdagi mahsulotlar guruhi uchun ekologik markirovkalash standartlarida belgilangan mezonlarga mos keluvchi mahsulotlar va xizmatlar ekologik markirovkalash obekti hisoblanadi.

Ekologik markirovka mahsulot va xizmatlarning O‘zbekiston hududida amalda bo‘lgan ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligi sertifikatlashtirish (muvofiqligini baholash) jarayonidan o‘tganini va ekologik markirovkalash sertifikatiga ega ekanini anglatadi.

Mavzuga oid