Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev g‘alla importi bo‘yicha qo‘shni davlatlar bilan sudlashadi
Polsha, Vengriya va Slovakiyaning Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishga qo‘yilgan taqiqni uzaytirish haqidagi qarori huquqiy jihatdan noto‘g‘ri qadamdir, dedi Ukraina savdo vaziri o‘rinbosari Taras Kachka.

Foto: EPA - ELTA
Ukraina JST doirasida Polsha, Vengriya va Slovakiyaga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilmoqchi, chunki bu davlatlarda Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishni taqiqlash YeI darajasida tegishli cheklov kiritilgan kun - 15 sentabrdan keyin ham saqlanib qoldi. «Bu harakatlar qonuniy jihatdan noto‘g‘ri ekanligini isbotlash muhim. Shuning uchun ertaga biz sud jarayonlarini boshlaymiz», dedi Ukraina Iqtisodiy rivojlanish, savdo va qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari o‘rinbosari Taras Kachka Politico internet nashriga bergan intervyusida.
«Bizning nazarimizda, Vengriya va Polshaning bu choralari (Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish taqiqini milliy darajada uzaytirish to‘g‘risidagi qaror) Yevropa komissiyasiga to‘liq ishonchsizlik to‘g‘risidagi bayonotdir», - deya ta’kidladi Kachka.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Varshava Ukraina g‘allasini import qilish taqiqidan voz kechmasa, Ukraina Polshaga nisbatan cheklovchi choralar ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. «Biz qo‘shimcha mahsulotlarga qarshi javob choralarini ko‘rishga va Polshadan sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqlashga majbur bo‘lamiz», dedi vazir o‘rinbosari.
Ukraina g‘allasini qo‘shni mamlakatlarga sotish bo‘yicha taqiq
May oyida YeI Polsha, Bolgariya, Ruminiya, Vengriya va Slovakiyaga Ukraina bug‘doyi, makkajo‘xori, kungaboqar urug‘ini ichki bozorda sotishga taqiq joriy etishga ruxsat berdi. Shu bilan birga, Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ushbu mamlakatlar hududi orqali tashishga ruxsat berilgan va shunday bo‘lib qoladi.
15 sentabr kuni Kiyev qo‘shni davlatlarga eksportni qattiq nazorat qilishga va’da berganidan keyin YeI bu cheklovni uzaytirmadi. O‘z navbatida, Polsha, Vengriya va Slovakiya o‘z iqtisodlari va fermerlari manfaatlarini ko‘zlab ish yuritishini hamda taqiqni bir tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Slovakiya 15 sentabrdan so‘ng Yevropa Ittifoqining to‘rt turdagi donni sotish bo‘yicha ilgari qo‘ygan taqiqini uzaytirgan bo‘lsa, Polsha 16 va 17 sentabr, dam olish kunlarida Ukraina uni va ozuqa yemlarini sotishga qo‘shimcha taqiqlar kiritdi. Vengriya, Kachka ta’kidlaganidek, bundan ham qat’iy choralar ko‘rdi hamda Ukrainadan ilgari cheklovlar ta’sir qilmagan yana 25 ta mahsulotni, shu jumladan go‘shtni sotishni taqiqladi.
18 sentabr kuni Ruminiya bosh vaziri Yon-Marchel Cholaku Ukraina g‘allasining importiga talab oshsa, u qishloq xo‘jaligi vaziridan uni milliy bozorda sotishga qo‘yilgan taqiqni 30 kunga uzaytirishni so‘rashini aytdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

18:40 / 26.07.2025
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

11:06 / 26.07.2025
Urushlar taqqosi: 80 yil o‘tib nimalar o‘zgardi?

19:40 / 25.07.2025