Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Jamiyat qabul qilmagan qaror – noto‘g‘ri qaror” - Mamarizo Nurmurodov
Banklar va biznesga valuta operatsiyalari bo‘yicha cheklov kiritilgani jamoatchilik tanqidlariga sabab bo‘lgach, MB raisi jurnalistlar bilan uchrashdi va bu qaror bekor qilinganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu qaror keskin munozaralarga sabab bo‘lgani uchun tez orada bekor qilingan.

Foto: Kun.uz
Markaziy bank O‘zbekistonda banklar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun valuta operatsiyalariga cheklovlar joriy etish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi. 16 sentabr kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyator raisi Mamarizo Nurmurodov jamoatchilikning keskin noroziligidan keyin bu qaror bekor qilinganini aytdi.
“Bu qaror keskin muzokaralarga sabab bo‘ldi. Eng asosiysi, bu qaror bo‘yicha biz ma’lum bir ijobiy qarashlarni ko‘rmadik. Shu narsani aytish kerakki, jamiyat qabul qilmagan qaror - noto‘g‘ri qaror. U qaysi maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishidan qat’i nazar… xuddi shu tamoyildan kelib chiqib kechasi bilan o‘ylab bu qarorni bekor qildik”, – dedi Mamarizo Nurmurodov.
MB raisining qo‘shimcha qilishicha, banklarga ehtimoliy xavfning oldini olish uchun ko‘rsatma berilgan.
“To‘g‘ri tushunish kerak, Markaziy bank mustaqil, buni ta’minlash kerak deysizlar-u, qarorlarni jamiyat bilan muhokama qilish kerakligini aytasiz. Jamiyat bilan muhokama qilinadigan qarorlarimiz bor – u alohida. Bunda esa bevosita bankning faoliyatidagi kamchiligini ko‘rsatib, to‘g‘rilashni aytyapmiz. Buning bank mijoziga daxldor joyi yo‘q. Bank nazoratni kuchli qila olmagani uchun, xavf kelyapti, shuning oldini oling degan ma’noda banklarga berilgan ko‘rsatma edi”, - dedi Nurmurodov.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“KAMAZ” savdodagi pasayish sabab 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
Biznes | 19:23
-
Konibodomdagi seriyali qotilliklar bo‘yicha to‘rt kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 19:22
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00
-
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p
Iqtisodiyot | 18:40
Mavzuga oid

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

14:17 / 15.07.2025
Citibank O‘zbekistonda vakolatxona ochmoqda

07:51 / 15.07.2025
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi

15:21 / 12.07.2025