Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Markaziy bankka o‘tkazilmoqda
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining tashkiliy tuzilmasi AJga o‘zgartirilib, undagi davlat aksiyalari Markaziy bankka o‘tkaziladi. Shuningdek, valuta birjasi ta’sischiligida Milliy kliring markazi tashkil etilmoqda.

Markaziy bank / Foto: Kun.uz
“Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatiga o‘zgartiriladi. Uning ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi Markaziy bankka o‘tkaziladi.
Bundan tashqari:
- 2025 yil 1 yanvardan davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning yagona hisobi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJda yuritiladi;
- 2028 yil 31 dekabrgacha “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ, “O‘zbekiston respublika valuta birjasi” AJ va “Toshkent” respublika fond birjasi” AJ mablag‘larni maqsadli ravishda ularni rivojlantirishga yo‘naltirgan holda dividendlarni hisoblash va to‘lashdan ozod qilinadi.
“O‘zbekiston respublika valuta birjasi” AJ ta’sischiligida “Milliy kliring markazi” AJ tashkil etiladi.
Moliyachi Otabek Bakirov Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining Markaziy bankka o‘tkazilishiga munosabat bildirarkan, Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunga e’tibor qaratdi. Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, MB banklarning kapitallarida va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ishtirok etishga haqli emas, bundan valuta birjasining, shuningdek Markaziy bankning faoliyatini ta’minlovchi o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishi mustasno.
“Markaziy bankka bunday vakolat berilishi ikkinchi bosqichdagi depozitariylar va depozitariylar bozorini umumqabul qilingan tendensiyalar va standartlardan chetlatadi”, – deya yozdi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 21 maydagi qarori bilan tashkil etilgan. Uning vazifasi O‘zbekiston Respublikasi depozitarlik tizimida depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlar hisobini yuritish va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakatining yagona tizimini ta’minlashdir.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Salkam 4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish ombori aniqlandi
Jamiyat | 13:38
-
Rossiyada maktab chatlarini Max davlat messenjeriga o‘tkazish sinovdan o‘tkazilyapti
Jahon | 13:21
-
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi
Ko‘chmas mulk | 13:15
-
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi
Jahon | 13:12
Mavzuga oid

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

08:30 / 17.07.2025
Euroclear Rossiya aktivlarini xavfli qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirishga qarshi chiqdi

14:17 / 15.07.2025
Citibank O‘zbekistonda vakolatxona ochmoqda

07:51 / 15.07.2025