Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Avtomatlashtirish orqali korxonani inqirozdan olib chiqqanmiz” – 8 ming xodimga ega buxorolik tadbirkor
“2010 yillarda “Buxoro paxtasanoat” korxonasi inqiroz yoqasida edi. Rahbarlikka keliboq birinchi ishni inson omilidan voz kechib, tizimni avtomatlashtirishdan boshlaganman. Bir yilda korxonaning moliyaviy holati yaxshilandi, butun viloyatning paxta tozalash ishiga 230-240 mlrd so‘m mablag‘ kerak paytda erkin aylanmamiz 880 mlrd so‘mga yetdi”, – deydi tadbirkor Azamat Sultonov. U hozir “Buxoro agroklaster” MChJ rahbari. 4 yilda korxonasi 10 barobar kengayib, ishchilar soni 8 mingga yetgan.

Foto: Kun.uz
Azamat Sultonov – “Buxoro agro klaster” MChJ rahbari. 2019 yilda klaster faoliyatini boshlagan paytda uning tarkibida 4 ta zavod bo‘lgan. Korxona 10 barobar kengayib, zavodlar soni 40 taga, ishchilar adadi esa 8 mingga yetgan.
“Ham agronom, ham paxta yetishtiruvchi, ham chorvador va bu mahsulotlarni qayta ishlovchiman. Klasterimiz 2019 yilda Vazirlar Mahkamasining 500-sonli qarori bilan tashkil topgan. Klasterlik tashkil qilish prezidentimiz tashabbusi bo‘lgan.
Uch yil ichida katta loyihalarni amalga oshirdik. Birinchisi, kalava ip qilish, uni to‘qish va tayyor mahsulotga aylantirish hamda tayyor kiyim-kechak tikish. Shofirkon, Peshku, G‘ijduvon va Vobkent tumanlarida tikuv fabrikalarimiz bor. Tayyor mahsulotlarimiz ichki bozor va eksportga chiqariladi. Rossiya, Portugaliyaga eksport qilamiz. Yaqinda “Polo” brendi bilan shartnoma qildik. 1 sentabrdan keyin ishimiz boshlanadi, kompaniya bizga o‘z dizayni asosida kiyim buyurtma beradi, biz o‘zimizning matolardan tikib beramiz”.

“Eksportimiz yildan yilga oshib boryapti. Avvaliga 1-2 mln dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lsak, hozir 20-30 mln dollarga yetdi. Yangi loyihalarimiz bor: Vobkent tumanida ishga tushirilishi reja qilingan 163 mln yevro qiymatidagi loyiha bo‘lib, 7000 kishilik ish o‘rni yaratiladi. Birlamchi mahsulotni qayta ishlab, 30 mln tonna mahsulotni to‘quvdan tortib oxirgi mahsulotgacha prinsipida kiyim-kechak ishlab chiqaramiz. Bu katta kompleks bo‘ladi.

G‘ijduvon tumanida 118 mln yevro qiymatiga teng yangi loyiha – sun’iy tola ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiryapmiz, 62500 tonna sun’iy tola ishlab chiqaramiz
“Inqirozdagi korxonani avtomatlashtirish orqali qutqarganmiz”
Asosan, davlat korxonalarida ishlab kelganman. Butun faoliyatim paxta sanoatida kechgan.
2007 yilda “Buxoro paxtasanoat” AJ raisi o‘rinbosari, 2010 yildan rais lavozimida ishlaganman. Bu davrda bizning korxonamiz moliyaviy jihatdan cho‘kkan, og‘ir holatda edi. Birinchi qilgan ishim avtomatlashtirish bo‘lgan. Shundan keyin Buxoro paxta sanoati tizimida inson omilidan kechildi. Qayerda moddiy javobgar shaxslar bo‘lsa, hammasini dasturga o‘tkazganmiz, ishlarni kompyuter bajargan. Shu bilan bir yil ichida eng qoloq, eng og‘ir tizim eng ilg‘or ko‘rsatkichlarga erishdi. Ikkinchi yildan respublikada moliyaviy holatiga ko‘ra bizga teng keladigan korxona qolmadi. Respublika paxta sanoati uyushmasi ichidagi eng oldi korxonaga aylandi. Bir yilda viloyatda paxta tozalash ishlari uchun 230-240 mlrd so‘m mablag‘ kerak edi, bizning erkin aylanmamiz 880 mlrd so‘mga chiqdi. Biz hech qayerdan pul olmasdan o‘zimizni o‘zimiz ta’minlaydigan holga keldik.

Prezidentimiz bosh vazir bo‘lgan paytlari edi, Buxorodagi holatni ko‘rib, shuni respublikaga ham qilib berasan, deb Respublika paxta sanoati uyushmasiga rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlagan. Respublikaga ham xuddi shu ish tizimini joriy qildim.
So‘nggi yillar davomida ham paxta sanoat sohasini avtomatlashtirish borasida ishlab keldim. SAP kompaniyasidan (Germaniya) butun respublikaning paxta sanoat tizimining dasturiy ta’minot bilan qamrab olinishini so‘raganimiz. Ular bu ish uchun 3 yil vaqt so‘ragan, qiymati 25 mln yevro baholangan. Dunyodagi eng ilg‘or kompaniya 3 yil ichida qilaman degan ishni o‘zimizning kadrlarimiz bilan 2,5-3 oyda bajardik, to‘liq dasturiy ta’minotni butun paxta sanoat tizimida yo‘lga qo‘ydik. 547 ta paxta tayyotlov punktlari, 98ta paxta tozalash zavodlari bir serverga integratsiya qilindi.
Korxonamning 4ta yo‘nalishi bor: xomashyoni paxta tozalash zavodlari, ip kalava, tayyor mato, tayyor mahsulot. Bundan tashqari, chorvachilik bo‘yicha ham yo‘nalishimiz bo‘lib, korxonani eng oxirgi avlod texnikalari bilan ta’minlaganmiz, kuniga 30 ming litr sut sog‘iladi. Keyingi 6 oy ichida 60 ming litrga chiqish niyatimiz bor. Sutni qayta ishlaydigan eng oxirgi avlod texnologiyalaridan foydalanamiz.



Qanaqa korxona qilmoqchi bo‘lsak, avvalo, kommunikatsiya va axborotlashtirishga investititsiya qilamiz. Shu bilan moddiy javobgar shaxslarning o‘rniga dasturiy ta’minot va datchiklar ishlaydi. Natijadorlik yaxshi bo‘ladi.
Klaster tarkibida tuproq tahlil laboratoriyasi ham bor. U yerda fermerlarning buyurtmasi asosida tuproq sifat jihatdan tahlil qilinadi.
“Laboratoriyamizda analiz qilib, natijalarini mutaxasislarga beramiz. Ular fermerlarga tahlil natijalari asosida maslahat beradi. Asosan, tuproq tarkibidagi makro va mikro elementlar mavjudligi, so‘nggi texnologiyalar asosida aniqlaymiz. Tuproqning fizik, kimyoviy xossa va xususiyatlarini tahlil qilamiz. Bizning tahlillarimiz natijasida sho‘rlanishning oldi olinyapti, hosildorlikka ham yordam beryapti”, - deydi tuproqshunos Dildora Hojiyeva.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
-
Xitoy Yevropadan nega norozi?
Jahon | 20:09
Mavzuga oid

19:49 / 23.07.2025
Buxoroda elektr toki urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

13:39 / 15.07.2025
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025