Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bitimlari qarzdorlik yo‘qligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlanadi
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, YERELEKTRON axborot tizimiga kiritiladi.

Foto: Kun.uz
«Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, YERELEKTRON axborot tizimiga kiritiladi.
2024 yil 1 yanvardan:
- ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;
- majburiy badallarning yoki to‘lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;
- agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo‘lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to‘plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig‘ishga ruxsat etiladi.
Shirkatlar va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalarning to‘lov muddati 2024 yil 1 oktyabrgacha kechiktiriladi.
Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar beriladi:
- ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta’minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
- ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:37
-
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi
Jahon | 09:34
-
Rossiya Lvivga hujum qildi, Polsha qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi
Jahon | 09:29
Mavzuga oid

07:59 / 23.04.2025
YaTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga rieltor faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin

16:20 / 25.12.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri yuritiladi

18:24 / 30.10.2024
Sovuq tushdi, ammo uylarga issiqlik berilmayapti. Nega?

17:55 / 28.08.2024