Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
31 ta davlat korxonasi aksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkaziladi
2023 yilning mart oyida prezident qarori bilan Strategik islohotlar agentligiga berilgan 31 ta yirik davlat korxonalari, tijorat banklari hamda UzAssets investitsiya kompaniyasidagi davlat ulushi yana Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkaziladi.
Joriy yilning mart oyida «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilingandi.
Qaror bilan 2023–2025 yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar (31 ta) ro‘yxati tasdiqlangandi va mazkur tashkilotlarning aksiya paketlari Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazilgandi.
18 avgust kuni imzolangan «Davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarning isloh qilish mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori bilan mazkur 31ta yirik davlat korxonalari, tijorat banklari hamda UzAssets investitsiya kompaniyasidagi davlat ulushi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkazildi.
Shuningdek, Strategik islohotlar agentligiga o‘tishidan oldin Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ixtiyorida bo‘lgan 9ta bankning (Agrobank, Asakabank, O‘zsanoatqurilishbank, Xalq banki, Turonbank, Qishloq qurilish bank, Aloqabank, O‘zmilliybank, Mikrokreditbank) xususiylashtirish jarayonlarini ham endilikda bevosita Iqtisodiyot va moliya vazirligi nazorat qiladi.
Avvalroq, prezidentning tegishli farmoni bilan prezident administratsiyaning tuzilmasiga ham bir qator o‘zgartirishlar kiritilgandi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okean bo‘yidagi hayot umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 22:12
-
Chorvoqdagi kurort talablari, Surxondaryodagi yong‘in va QR kodli qurilish obektlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:02
-
Saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi
O‘zbekiston | 21:55
-
Bangladeshda sobiq bosh vazir Shayx Hasina ustidan sirtdan sud boshlandi
Jahon | 21:32
Mavzuga oid

16:22 / 25.03.2025
«Tashabbusli budjet»da eng ko‘p g‘olib bo‘lgan loyihalar ma’lum qilindi

01:27 / 17.12.2024
Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar, Pensiya jamg‘armasi va G‘aznachilik xizmatiga rahbarlar tayinlandi

21:59 / 27.08.2024
«Tashabbusli budjet»da ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat tushdi

19:17 / 01.12.2023