Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havayidagi o‘rmon yong‘inlari: qurbonlar soni 101 kishiga yetdi
Maui orolidagi o‘rmon yong‘inlaridan keyin 101 kishining jasadi topildi. Rasmiylar halok bo‘lganlarning yakuniy soni ancha yuqori bo‘lishidan ogohlantirmoqda.

Foto: Getty Images
AQShning Havayi shtatidagi Maui orolida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 100 kishidan oshdi. «101 kishi halok bo‘ldi», dedi 15 avgust, seshanba kuni gubernator Josh Grin.
Unga ko‘ra, tabiiy ofat hududining to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i o‘rganilgan. Qutqaruvchilar yonib ketgan uylarning kullarini o‘rganib chiqmoqda, maxsus o‘qitilgan itlar esa jasad qoldiqlarini qidirishda yordam bermoqda. Grin yana qurbonlar soni ancha yuqori bo‘lishi va yaqin kunlarda ikki yoki uch baravar oshishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
AQShda so‘nggi yuz yildagi eng halokatli yong‘in
Maui orolida bir hafta oldin sodir bo‘lgan yong‘in AQShda so‘nggi yuz yildagi eng halokatli fojia deb atalyapti. Tabiiy ofat tarixiy Laxayna shahrini vayron qildi: 2200 ta bino, asosan turar joy binolari butunlay yonib ketgan yoki shikastlangan, 850 gektar yer yonib kul bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha federal agentlik Laxaynani tiklash 5,5 milliard dollarga tushishini taxmin qilmoqda.
AQSh rasmiylarining fikricha, Maui orolidagi o‘rmon yong‘inining halokatli oqibatlari bir qator omillar, jumladan aloqa tizimidagi uzilishlar va tezligi soatiga 130 kmga yetgan kuchli shamollar bilan bog‘liq.
Gubernator Josh Grin va Havayi shtati bosh prokurori Anne Lopez aholi yong‘in xavfi haqida o‘z vaqtida ogohlantirilganmi yoki yo‘qligini ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Reuters xabariga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lganda trevoga signali beruvchi sirenalar ishlamagan. Uyali aloqa tarmog‘idagi nosozlik va elektr energiyasidagi uzilishlar esa odamlarni xavf haqida boshqa yo‘l bilan ogohlantirishga imkon bermagan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 52 metrli "Tsivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori" yaratilmoqda
O‘zbekiston | 12:06
-
Tailanddagi O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga bormaslik so‘raldi
O‘zbekiston | 11:29
-
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23
-
KHAYning Beshqayrag‘och - Beruniy qismi vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 11:11
Mavzuga oid

21:48 / 24.07.2025
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi

10:38 / 24.07.2025
Surxondaryodagi qo‘riqxonada ro‘y bergan yirik yong‘in 8 soatda o‘chirildi

23:11 / 23.07.2025
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi

12:23 / 23.07.2025