Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston gaz ittifoqiga boshqa davlatlar ham qo‘shilishi mumkin
Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston gaz ittifoqi kengaytirilishi mumkin.

Foto: RIA Novosti
Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istonning uchtomonlama gaz ittifoqi boshqa davlatlarni ham qamrab olishi mumkin. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy ma’lum qildi.
«Biz gaz sohasida uchtomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini istisno qilmaymiz. Bunga boshqa davlatlar ham qiziqish bildirayotganini bilamiz. Biz barcha ishtirokchilarning pozitsiyasini hisobga olgan holda o‘zaro manfaatli va konstruktiv bo‘lishi lozimligini anglagan holda bunday hamkorlikka ochiqmiz», dedi u.
2022 yil noyabr oyida Rossiya tomoni Qozog‘iston va O‘zbekistonga o‘z gazini ushbu davlatlar hududi orqali tashishni nazarda tutuvchi «uchtomonlama gaz ittifoqi»ni tuzishni taklif qilgan edi.
2023 yil yanvarida «Gazprom» va O‘zbekiston Energetika vazirligi gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi. Toshkentning aniqlik kiritishicha, hujjat texnik tadqiqotlardan so‘ng Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali Rossiya gazining tranzitini nazarda tutadi.
May oyi oxirida Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin gaz ittifoqi loyihasi parametrlari ishlab chiqilayotganini, investitsiyalar hajmi aniqlanayotganini ta’kidladi.
«Markaziy Osiyo – Markaz» transkontinental tizimining gaz quvurlari Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston hududidan o‘tadi.
Mavzuga oid

17:24
Rossiyada og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

12:23
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 2 mlrd kub metrdan ortiq suv yetkazib berdi

19:53 / 11.03.2025
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

13:36 / 11.03.2025