Blogerlar Sanjar Ikromov va Sherali Komilov qidiruvga berildi
Ichki ishlar vazirligi blogerlar Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) va Sherali Komilovni (Detektiv Uz) qidiruvga berdi. Ularga sirtdan firibgarlik ayblovi qo‘yilgan, Komilov esa haqorat qilishda ham ayblanmoqda.

Sanjar Ikromov va Sherali Komilov
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ikki blogerni qidiruvga berdi. Ularning ismi-sharifi IIV saytining qidiruvga berilgan shaxslar bo‘limida e’lon qilingan.
Birinchisi, Sanjar Xo’ja taxallusi bilan tanilgan Sanjar Ikromov (1988 yilda tug‘ilgan, YouTube’da 200 mingdan ortiq, Telegram’da 18,3 ming, Facebook’da 29 ming obunachisi bor). U siyosat, iqtisod va psixologiya mavzularida yozadi va gapiradi. Hozirda Turkiyada yashaydi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Bu juda ko‘p miqdordagi firibgarlik jinoyatini nazarda tutadi va BHM 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Ikkinchisi, Sherali Komilov (1979 yilda tug‘ilgan, «Detektiv Uz» YouTube-kanali muallifi (17,8 ming obunachi, Facebook’da — 8140). U asosan ijtimoiy mavzularni ko‘tarib chiqadi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi «b» bandi bilan ayblov e’lon qilingan. Bu o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyatini nazarda tutadi va BHM 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Shuningdek, unga 140-modda 3-qismining «a» bandi bilan ayblov e’lon qilingan. Bu jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish jinoyatini nazarda tutadi va BHM 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron prezidenti mamlakatning yadroviy dasturdan voz kechmasligini aytdi
Jahon | 02:11
-
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi
Jahon | 00:50
-
Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi hibsga olindi
Jahon | 00:11
-
Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
Jahon | 00:06
Mavzuga oid

18:00 / 05.06.2025
Moskvada o‘g‘irlab ketilgan blogerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

19:22 / 04.04.2025
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?

14:40 / 14.03.2025