Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vivobook S 15 OLED noutbuki: nega talabalar ta’lim uchun uni tanlashadi?

Foto: ASUS
ASUS kompaniyasining Vivobook noutbuklari bir necha yillardan beri o‘z yechimlari bilan yoshlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Kompaniya yildan yilga ta’lim va ishlash uchun tobora ko‘proq ilg‘or noutbuklarni chiqarmoqda va shu bilan ASUS muxlislariga mukammallikning chegarasi yo‘qligini eslatib turadi. 2023 yilda chiqqan Vivobook S 15 OLED bundan mustasno emas, yangilangan xususiyatlarga ega ushbu noutbuk bo‘lajak egalariga xizmat qilishga tayyor.
ASUS kompaniyasining Vivobook S 15 OLED qurilmasi talabalar va yuqori unumdorlik, zamonaviy ko‘rinishni qadrlaydigan har bir kishi uchun mo‘ljallangan, ixcham va mobil formatdagi qurilmalarning keyingi avlodidir. Materialda – talabalarga yordamchi sifatida ushbu noutbukni tanlashning asosiy afzalliklari va uning ta’lim va kundalik hayot uchun imkoniyatlari haqida so‘z boradi.
Har doim zamonaviy
VivoBook markasidagi barcha noutbuklar singari, S 15 OLED ham egasining xarakterini aks ettirish uchun moslashtirilgan. Model to‘rtta rangda taqdim etilgan – qat’iy Midnight Black, tetiklantiruvchi Cool Silver, yorqin Solar Blue va iliq Cream White. Har bir variant noutbuk dastlabki qarashdayoq hammaning e’tiborini jalb qilishga qodir.
Bundan tashqari, Vivobook S 15 OLED dizaynining o‘ziga xosligi rang bilan cheklanmaydi. Bunda ishlab chiqaruvchi tugmachalarga yorqin urg‘u bergan, korpusga kichik kontrastlar qo‘shdi va ustki qopqoqda ushbu marka logotipini kattalashtirdi va shu sababli noutbuk boshqalarga foydalanuvchining yuqori didga ega ekanligi haqida ma’lumot berib turadi.
Istalgan joydan turib ishlash uchun qulay
Jamoat transportida o‘tirgan holda, bir binodan ikkinchisiga ko‘chib o‘tayotganda, doimiy shoshilinch holatlarda – talabalar mobil bo‘lishning qanchalik muhimligini hammadan ko‘ra yaxshiroq bilishadi.
ASUS tom ma’noda talabalar hayotini osonlashtirishga intiladi. Ishlab chiqaruvchi Vivobook S 15 OLED'ni olib yurish oson va istalgan joydan turib ishlash uchun qulay qilib yaratdi. Demak, 2023 yil yangiligining og‘irligi 1,7 kg, qalinligi esa atigi 17,9 mm – foydalanuvchi uzun o‘qish kunidan keyin ham noutbukni ko‘tarib yurish sababli charchamaydi.
Bundan tashqari, Vivobook S 15 OLED 180° burchakli sharnirga ega. Uning yordami bilan o‘qish yanada yoqimli va qulay bo‘ladi, chunki noutbukni tekis qilib yoyib yoki har qanday qulay holatda vazifalarni bajarish mumkin.
Qo‘shimcha qulaylikni ErgoSense klaviaturasida ko‘rish mumkin. Uning klavishlari yurishga qarab moslashadi va taktil texnologiya bilan ta’minlangan, bu esa uzoq vaqt charchamasdan ishlash imkoniyatini beradi.
Tez-tez yoki uzoq vaqt davomida quvvatlantirish kerak bo‘lmaydi
Mobillik nafaqat ixcham o‘lchamlarni, balki noutbukning uzoq muddat davomida ishlashini ham anglatadi. Vivobook S 15 OLED Intel Evo standartiga mos keladi, u uzoq ishlaydigan batareya va tez quvvatlanish qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
Demak, yangi ASUS 2023 yuqori quvvatli akkumulyator tufayli 75 Vt soatgacha quvvatda kamida 9 soat ishlashi mumkin. Vivobook S 15 OLED atigi 49 daqiqada 0 dan 60% gacha quvvatlana oladi.
Taqdimotlarda uyaltirib qo‘ymaydi
Taqdimotlar, g‘oyalar va ishlarni shiddatli raqobat sharoitida himoya qilish talaba kundalik hayotining yana bir doimiy qismidir. Va har bir bunday «tadbir» cho‘qqida, hech qanday to‘siqlarsiz o‘tishi kerak.
2023 yilda chiqqan Vivobook S 15 noutbuki ASUS Lumina OLED innovatsion texnologiyasi bilan jihozlangan 15 dyuymli ultra keng ko‘rish burchagiga ega OLED displeyiga ega. Aynan u ranglarni tarkibga qarab moslashtirish uchun javobgardir, videolarni ko‘rishda aniqlik va ravshanlikni oshiradi, shuningdek, yangi vizual tajriba yaratadi. Eng yangi displey unga qaragan barchani hayratda qoldirishi mumkin.
Rangning aniqligi va chuqur qora ranglar Pantone Validated va VESA DisplayHDR True Black 600 sertifikatiga ega.
Vivobook S 15 OLED displeyining texnik xususiyatlari ham foydalanuvchining yuqori talablariga javob beradi: 2,8K o‘lcham, 16:9 nisbat, 120 Gs yangilanish tezligi va 0,2 ms qaytarish tezligiga ega. Bundan tashqari, u TUV Rheinland Low Blue yorug‘lik va SGS tomonidan sertifikatlangan ko‘k yorug‘lik emissiyasi kamayishi texnologiyasiga ega, bu esa ko‘z uchun juda qulay.
Shuningdek, muvaffaqiyatli loyiha taqdimotlari uchun Vivobook S 15 OLED barcha turdagi tashqi qurilmalarni ulash uchun zamonaviy interfeyslarni taqdim etadi. Demak, Thunderbolt 4, HDMI 1.4 va USB 3.2 Gen1 Type-A (5 Gb/s) texnologiyalari mavjud.
Yuqori darajadagi ish yuki sharoitida ham barqaror
Vivobook S 15 OLED ichida maksimal konfiguratsiyada 13-avlod Intel Core i9 protsessori, 16 Gb gacha operativ xotira va 1 TB ichki xotira mavjud. Ushbu sozlamalar ta’lim loyihalarini yaratishda ham, bo‘sh vaqtlarda – o‘yinlar o‘ynash yoki filmlarni tomosha qilish uchun ham yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, yuqori darajada ishlaganda, noutbuk batareya quvvatidan samarali foydalanishga qodir, bu esa umumiy ish faoliyatini oshiradi. Vivobook S 15 OLED'da yuqori faollikdagi ishda barqarorlikni saqlash uchun samarali IceCool sovitish tizimi javob beradi, u barcha komponentlarni optimallashtirishga qaratilgan. U tufayli protsessor termopaketi 45 Vt ga yetadi, ya’ni qizib ketmasdan ishlash ta’minlanadi.
ASUS ta’lim uchun yana ikkita yangilik noutbukni taqdim etdi, ularga ham e’tibor qaratish lozim:
ASUS Zenbook 14 OLED bu – 14 dyuymli OLED ekran va 2880x1800 piksel o‘lchamli nafis va yengil premium ultrabukdir. Batareyaning ishlash muddati 18 soatgacha, unumdorligi esa zamonaviy 13-avlod Intel Core protsessorlari tomonidan ta’minlanadi. Model bir joyda o‘tirmaydigan va kundalik hayotini harakatda o‘tkazadiganlar uchun ideal tanlov.
ASUS Vivobook 16 (M1605) – Lumina OLED displeyli 16 dyuymli noutbuk bo‘lib, kontent bilan ishlash uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi. U AMD Ryzen 7000 seriyali protsessor bilan jihozlangan bo‘lib, siz nafaqat ta’lim olishingiz, balki o‘yinlar o‘ynashingiz uchun ham qulay bo‘ladi. Xususiyatlari orasida ergonomik to‘liq o‘lchamli klaviatura, veb-kamera, masofaviy ta’lim uchun shovqinni yo‘qotuvchi mikrofon majmuasi, antibakterial qoplama va boshqalar mavjud.
Batafsil ma’lumotni havola orqali topishingiz mumkin.
Vivobook S 15 OLED'ni O‘zbekiston elektronika do‘konlarida, shuningdek, ASUS rasmiy hamkori: upg.uz'dan xarid qilishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi
Iqtisodiyot | 21:57
-
Oq uyning kadrlar bo‘yicha direktori Serxio Gor Toshkentda tug‘ilgan - OCCRP
Jahon | 21:54
-
Eron Xitoydan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi - OAV
Jahon | 21:29
Mavzuga oid

11:00 / 09.06.2025
ASUS ProArt P16’ni yangiladi: NVIDIA RTX 50 va AI imkoniyatlariga ega yangi mobil ijod namunasi

10:50 / 28.04.2025
2025 yilgi ROG Strix SCAR 18 sharhi: unga to‘laqonli geyming uchun jiddiy qarash uchun sabablar

17:00 / 17.03.2025
O‘zbekistonda 2025 yilgi yangi ROG noutbuklariga oldindan buyurtma berish boshlandi. Nimalarni hozirdan xarid qilish mumkin?

17:00 / 10.02.2025