Jahon | 09:05 / 31.07.2023
3794
2 daqiqa o‘qiladi

Hisobot: Rossiyada bir yilda bolalar o‘rtasida suitsidga urinishlar soni ortdi

Rossiyada bolalar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishga urinishlar sonining ko‘payganidan Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil ma’ruzasida foydalanilgan Rossiya TQning norasmiy statistik ma’lumotlari dalolat beradi. 

Foto: Aleksandr Kryajyev / RIA Novosti

Rossiyada voyaga yetmaganlarning o‘z joniga qasd qilishga urinishlari soni bir yil ichida ko‘paydi. Bu haqda 30 iyul, yakshanba kuni taqdim etilgan Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaning 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotida ma’lum qilingan. Ta’kidlanishicha, Rossiyada bolalar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishga urinishlar sonining ko‘payishi haqidagi xulosa Rossiya Tergov qo‘mitasining (TQ) norasmiy statistik ma’lumotlari asosida tuzilgan. 

Shu bilan birga, yil davomida Rossiyada bolalar o‘rtasida o‘lim bilan tugagan o‘z joniga qasd qilishlar soni kamaydi, dedi Lvova-Belova. RF TQ ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda bunday holatlar 679 ta, 2021 yilda esa 753 ta bo‘lgan. Taqqoslash uchun: 2020 yilda Tergov qo‘mitasi Rossiyada 548 bola o‘z joniga qasd qilganini qayd etgan. 

Rosstat ma’lumotlari ham hisobotda keltirilgan, ammo ular RF TQ ko‘rsatkichlaridan farq qiladi. Shu tariqa, 2021 yilda idora mutaxassislari tomonidan Rossiyada bolalar o‘z joniga qasd qilishining 372 ta, 2020 yilda esa 311 ta holati qayd etilgan. 

Ba’zi profilaktika xizmatlari qog‘ozbozlikka ko‘proq e’tibor qaratadi va har doim ham ta’lim muassasalarida bolalarning depressiv va deviant xatti-harakatlari namoyon bo‘lishiga reaksiya bildirmaydi, dedi Lvova-Belova hisobotni taqdim etar ekan. 

Mavzuga oid