Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ertadan kirish imtihonlari boshlanadi – abituriyent imtihon uchun qanday tayyorlanishi kerak?
Oldindagi 13 kun O‘zbekistonda OTMga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Kun.uz abituriyentlar uchun qiziq bo‘lgan “testga soat nechada borish kerak?” “forma so‘ralmaydimi?” “qanday holatda abituriyent testdan chetlashtiriladi?” kabi savollarga javob beradi.

1 avgustdan 13 avgustgacha davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi uchun imtihonlar bo‘lib o‘tadi. Jami 72 ta katta sig‘imli binolarda o‘tadigan imtihonlarda qariyb 950 ming abituriyent imtihon topshiradi.
Imtihon 2 smenada bo‘lib o‘tadi.
- 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
- 2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Abituriyent imtihon boshlanishidan kamida bir soat oldin o‘zi test topshiradigan hududga yetib borishi va yarim soat oldin o‘zi uchun belgilangan joyga o‘tirgan bo‘lishi lozim. Kechikkanlar imtihonga kiritilmaydi. Abituriyent imtihonga kirishi uchun 2 ta hujjat pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bo‘lishi kerak. Ruxsatnomani rangli printerdan chiqarish shart emas.
Imtihonga kirishda abituriyent bir nechta nazorat punktlaridan o‘tadi, videofiksatsiya orqali shaxsi tasdiqlanadi. Pasporti (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bo‘lmasa, imtihonga qo‘yilmaydi.
Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilar olib kirishi mumkin emas. Bu taqiqlangan narsalarni olib kirgan abituriyentlar imtihondan chetlashtiriladi.
Imtihon jarayoni test2023.uz sayti orqali onlayn translatsiya qilinadi.
Forma kerakmi?
Abituriyent kirish imtihonlariga o‘ziga qulay istalgan kiyimda borishi mumkin. Belgilangan biror forma yo‘q.
Test topshiriqlarini qanday ishlash kerak?
Birinchi navbatda abituriyent javoblar varaqasi o‘ziga tegishli ekanini hamda test topshiriqlari kitobining abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan fanlar bilan mosligini, test kitobchasida nuqsonlar yo‘qligini tekshirib olishi kerak.
Agar:
- Javoblar varaqasi abituriyentga tegishli bo‘lmasa;
- Test topshiriqlari kitobidagi fanlar mos kelmasa;
- Test kitobchasida nuqson bo‘lsa, nazoratchiga xabar berishi lozim.
Imtihonda abituriyentga test topshiradigan faniga qarab Mendeleyev jadvali, doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali hamda kimyo, fizika va matematikadan asosiy formulalar javdallari berilishi mumkin.
Abituriyent test kitobchasidan qoralama (chernovik) sifatida foydalanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi imtihonda jami 5 ta fandan 90 ta savol – 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan, 3 ta majburiy fandan 10 tadan savol tushadi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball esa 189 ball.
Imtihonning birinchi kunida ob-havo qanday bo‘ladi?
Ertaga, 1 avgust uchun e’lon qilingan ob-havo prognoziga ko‘ra, havo harorati 40 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Bunday ob-havo 2-smena – soat 15:00 da boshlanadigan imtihonda qatnashadiganlarga biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Issiqda holsizlanmaslik, oftob urmasligi uchun abituriyentlarga:
- ko‘chaga chiqayotganda ochiq rangli tabiiy matolardan tikilgan yengil libos kiyishi;
- issiqdan saqlaydigan bosh kiyim, ko‘zoynak va soyabonlardan foydalanishi tavsiya qilinadi.
Lekin imtihonga quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak va soyabon kabilar olib kirib bo‘lmaydi.
Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi

08:22 / 12.09.2023