Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi
“Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha huquqiy eksperimentni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Ukr.Media
2023 yil 1 oktyabrdan Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qo‘mitasi va boshqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munitsipal mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu tizimlarni o‘zaro integratsiya qilish orqali “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga yuklanadi.
2024 yil 1 yanvardan munitsipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari belgilanadi va ularning bajarilishi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan monitoring qilinadi.
Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdorlari har yili 31 dekabrgacha bozor tamoyillari asosida belgilanadi.
2023 yil 1 oktyabrdan Toshkent shahrida belgilangan obektlar negizida kompaniya tomonidan loyiha qiymati 1 million AQSh dollarigacha ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
2024 yil 1 yanvargacha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integratsiya qilish orqali muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi.
2024 yil 1 martdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJ korxonalarining Toshkent shahri filiallari “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ va “Toshkent shahar gaz ta’minoti” MChJ sifatida qayta tashkil etiladi.
2024 yil 1 yanvardan oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan to‘lov asosida foydalaniladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

20:16 / 09.08.2025
Toshkentda svet o‘chmasligi uchun yana 1,8 trillion so‘m ajratiladi

12:54 / 09.08.2025
Toshkentda bankomatni o‘g‘irlashga uringan uch kishi ushlandi

22:00 / 08.08.2025
Toshkentda bu yil 374 km elektr tarmog‘i, 11 ta nimstansiya va 62 ta transformator yangilanadi

19:08 / 05.08.2025