«Eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi» tanlovi g‘olibiga beriladigan mukofot puli miqdori ma’lum bo‘ldi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi”ni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan:
- “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi”ni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovi tuman (shahar), hududiy saralash va respublika final bosqichlarida 10 ta yo‘nalish asosida tashkil etiladi hamda o‘tkazilishi;
- tanlovda mahalladagi yoshlar yetakchi lavozimida kamida olti oy amaliy ish tajribasiga ega mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishi;
- tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari bir martalik to‘lanadigan 25 million so‘m, 2-o‘rin sovrindori 20 million so‘m, 3-o‘rin sovrindori 15 million so‘m va qolgan 11 ta nominatsiya g‘oliblari 10 million so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi;
- tanlovning respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari har yili “30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan asosiy bayram tadbirida tantanali ravishda e’lon qilinishi hamda “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi;
- tanlovning respublika bosqichi g‘olibi kadrlar zaxirasiga kiritilishi, bunda ushbu mahalladagi yoshlar yetakchisi tizim tashkilotlarida yuqori lavozimlarga o‘tkazilishi belgilanmoqda.
Bildirilishicha, loyihaning qabul qilinishi o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan mahalladagi yoshlar yetakchilarini rag‘batlantirish, yuksak bilimli va professional kasb mahoratiga ega bo‘lgan iste’dodli yosh kadrlarni aniqlash hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlashni ta’minlaydi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

16:31 / 28.05.2025
Madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi

15:52 / 15.05.2025
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi

16:43 / 29.04.2025