Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada mansabdorlar mingdan ortiq daraxtlarni kesib tashlagan – Bosh prokuratura
“Bag‘dodmaxsussuvpudrat” MChJ mansabdorlari va boshqalari Katta Andijon kanali qirg‘og‘idagi 1 ming 213 tup daraxtni kesib tashlagan. Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligi o‘rganishlariga ko‘ra, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 4,6 milliard so‘mga baholanmoqda.

Foto: Wikimedia
Bosh prokuratura va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishda moratoriy talablarini buzish holatlari aniqlangan. Xususan, joriy yil yanvar-fevral oyida “Bag‘dodmaxsussuvpudrat” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar Norin-Farg‘ona irrigatsiya tizimidagi Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1 ming 213 tup daraxtni qasddan kesib tashlagan. Natijada o‘simlik dunyosiga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
Shuningdek, holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ichki ishlar organi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

12:14 / 22.07.2025
Farg‘ona viloyatida "Nexia-3" jarlikka ag‘darilib ketdi, 18 yoshli bola halok bo‘ldi

13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi

14:39 / 26.06.2025
Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

16:36 / 17.06.2025