Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh «g‘alla bitimi»ga muqobilini izlamoqchi - Blinken
Davlat kotibi so‘zlariga ko‘ra, bunday miqyosdagi «g‘alla bitimi» muqobilini topish oson bo‘lmaydi.
AQSh va uning ittifoqchilari Qora dengiz don tashabbusini almashtirish yo‘llarini izlaydi, ammo uning miqyosida muqobilini topish oson bo‘lmaydi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqishning boshqa yo‘llarini topish uchun yana nima qilish mumkinligini ko‘rib chiqamiz... Lekin unga mos muqobilini topish juda qiyin», dedi TIV rahbari.
Blinken Rossiyaning kelishuvni uzaytirmaslik qarori bu yo‘llarni izlashga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi, chunki «agar Rossiya Ukrainadan har qanday eksportga qarshi bo‘lsa, boshqa davlatlar va kompaniyalar o‘z kemalari va ishchilari taqdiridan xavotirga tushadi».
Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «G‘alla bitimi»ning amal qilishi 17 iyuldan boshlab tugaganini e’lon qildi. Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, bunga Rossiya qo‘ygan shartlar bajarilmagani sabab bo‘lgan.
Rossiya va Ukraina Turkiya va BMT ishtirokida 2022 yil iyul oyida Qora dengiz portlaridan don eksporti bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. Uning doirasida Ukraina g‘allasi asosan Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib beriladi.
Rossiya kelishuvni uzaytirish uchun bir qancha shartlarni ilgari surmoqda. Zarur shartlar qatorida Rossiya hukumati «Rosselxozbank»ni SWIFT tizimiga qayta ulanishi, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlarini yetkazib berishni qayta tiklash, sug‘urta va qayta sug‘urtalash bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish, portlarga kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni ko‘rsatgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:42
-
Mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:20
-
Namanganda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 10:14
Mavzuga oid

07:44
Peskov: Kiyev bilan munosabatlar - Moskva «vazifalari» bajarilganidan keyin

07:37
Ekspert: Rossiya harbiy xarajatlari SSSR darajasiga yaqinlashdi

07:24
Avstriya Rossiya tufayli betaraflikdan voz kechishni muhokama qilishi mumkin

23:26 / 28.07.2025