Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev Gurjiston elchisidan Saakashvili tufayli vataniga qaytishni so‘radi
Gurjiston rasmiylarining Ukraina fuqarosi Mixail Saakashviliga nisbatan munosabati Kiyev tomonidan nomaqbul va xo‘rlash deb qabul qilindi.

Georgiy Zakarashvili / Foto: facebook.com/georgiatoukraine
Ukraina Gurjistonning Kiyevdagi elchisi Georgiy Zakarashviliga Gurjiston sobiq prezidenti, hozirda Ukraina fuqaroligini olgan Mixail Saakashvili atrofidagi vaziyatga «yechim topish bo‘yicha maslahatlashuvlar» o‘tkazish uchun vataniga qaytishni taklif qildi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligining 4 iyul, seshanba kuni e’lon qilingan ushbu mavzu bo‘yicha sharhida aytilishicha, Gurjistonda Saakashviliga bo‘lgan munosabatni «qabul qilib bo‘lmaydi».
«Gurjiston hukumati Ukraina fuqarosini xo‘rlashni bas qilishi kerak», — deyiladi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. Qayd etilishicha, prezident Volodimir Zelenskiy nomidan Ukraina Tashqi ishlar vazirligida Zarakashvili bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida gurjistonlik diplomatga Ukraina tomoni «Mixail Saakashvilini davolash va parvarishlash uchun Ukrainaga olib borish masalasini zudlik bilan muhokama qilishga tayyorligi ma’lum qilingan».
Bir kun avval, 3 iyul kuni Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida hibsda saqlanayotgan va juda ozib ketgan Saakashvilining suratini e’lon qildi hamda Gurjiston hukumatini «Ukraina fuqarosini zaruriy davolanish va parvarish uchun Ukrainaga topshirishga» chaqirdi.
«Hozirda Rossiya Ukraina fuqarosi Mixail Saakashvilini Gurjiston rasmiylari qo‘li bilan o‘ldirmoqda», dedi Zelenskiy va «Yevropada hech qanday hukumat odamlarni qatl etishga haqli emas, hayot Yevropaning asosiy qadriyati» ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Tashqi ishlar vazirligiga Gurjiston elchisiga Tbilisida maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun mamlakatni tark etishni taklif qilishni topshirganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shov-shuvli suratlar 3 iyul kuni, Saakashvili Gurjiston prezidenti bo‘lgan 2007 yildagi mitingni tarqatib yuborgani uchun unga qarshi ish ko‘rilayotgan sud majlisida video-aloqa orqali ishtirok etganida olingan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ford AQShda arzon elektromobillar ishlab chiqarishga 2 mlrd dollar sarmoya kiritadi
Jahon | 22:35
-
Qirg‘izistonda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi
Jahon | 22:16
-
O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:43
-
Hindiston Su-57 va F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda
Jahon | 21:42
Mavzuga oid

10:03 / 08.08.2025
Ukrainaliklar Rossiya-Gurjiston chegarasida ochlik e’lon qildi

22:12 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda bir qancha davlat yetakchilari bilan uchrashdi

12:07 / 26.07.2025
Gurjistonda NATOning 7 davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

08:44 / 09.07.2025