Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narkologik ekspertizaning ijobiy xulosasi uchun 2 mln so‘ragan shifokor uch yarim yilga qamaldi
Shuningdek, narkolog sud tomonidan 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan ham mahrum qilingan.

Foto: KUN.UZ
Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali shifokor-narkologi va 2022 yildan ixtisoslashtirilgan tibbiyot komissiyasi a’zosi, narkologik ekspertizalarni nazorat qilish shifokor-narkologi lavozimida ishlab kelgan N.A. (ayol) Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi G‘.A. tomonidan fuqaro X.A.ga nisbatan tayinlangan sudga oid narkologiya ekspertizasini o‘tkazish asnosida fuqaro X.A.ga 2 million so‘m pul bersa ekspertiza xulosasini ijobiy hal qilib berishini aytadi.
Aks holda u giyohvandlik moddasi iste’mol qilishga ruju qo‘ygani, unga nisbatan majburiy tibbiy davolanishga muhtojligi haqida xulosa berilishini bildiradi, deb xabar beradi O‘zA.
Shundan keyin X.A. tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiladi. Uning arizaga asosan tezkor tadbir tashkillashtirilib, shifokor-narkolog xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan 1 million 500 ming so‘mni olgan vaqtida ushlanadi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib boriladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqilib, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topiladi. Natijada u Jinoyat kodeksining 45-moddasi qo‘llangan holda 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinadi hamda Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Qonun bilan o‘ziga berilgan narkologiya ekspertizalarini o‘tkazish va xulosalar berish, ekspertiza o‘tkazilishini nazorat qilish kabi vakolatlarni suiiste’mol qilgan shifokor-narkolog sud hukmidan qoniqmaydi. Natijada ushbu ish Farg‘ona viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, dastlabki instansiya sudining hukmi o‘zgarishsiz qoldiriladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdan Sharm ash-Shayxga uchadigan reys texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi
O‘zbekiston | 17:19
-
Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda
O‘zbekiston | 16:59
-
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi
Jahon | 16:54
-
Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi
O‘zbekiston | 16:47
Mavzuga oid

21:49 / 07.07.2025
Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi

15:26 / 06.07.2025
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi

09:20 / 06.07.2025
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

08:25 / 05.07.2025