Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hatay aholisiga O‘zbekiston fuqarolari mablag‘i hisobidan sotib olingan modulli uylar topshirildi
Turkiyaning Hatay provinsiyasida O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan fuqarolar hisobidan sotib olingan va jihozlangan 57 ta modulli uylarni provinsiya aholisiga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Instagram / izzettinyilmaztr
Tadbir davomida o‘zbekistonlik diplomatlar joriy yil 6 fevral kuni «asr falokatini» boshidan kechirgan turk xalqiga yana bir bor chuqur hamdardlik bildirdi. Fojianing birinchi kunidan boshlab o‘zbek xalqi turk birodarlariga yordam qo‘lini cho‘zishgani, Qurbon hayiti arafasida mustahkam uy-joy qurishdan oldin ushbu masalaning eng yaxshi yechimi bo‘lgan konteynerlarni topshirish o‘zaro qon-qarindoshlik rishtalarini yana bir karra tasdiqlagani ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hatay provinsiyasini tiklash, jumladan, yaqin do‘stlik va hamjihatlikning yana bir yorqin timsoliga aylanadigan yangi uy-joylar hamda boshqa infratuzilma obektlarini barpo etish borasidagi tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston diplomatlari Ovakent tumanida yashayotgan etnik o‘zbeklarning savollariga batafsil javob berdi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkentda 7 nafar bola uydagi hovuzda cho‘kdi
O‘zbekiston | 16:09
-
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 15:55
-
Rossiyada Belgoroddagi o‘g‘irlik uchun milliard rubl undirilmoqchi
Jahon | 15:49
Mavzuga oid

11:05 / 12.06.2025
Qurilish vazirligi Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlangani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi

15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin

12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi

09:02 / 03.04.2025