Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vosiq xalqaro maktabi va bolalar bog‘chasida xalqaro darajadagi ta’lim

Foto: Vosiq
Zamonaviy ta’lim tez o‘zgaruvchan dunyo talablariga javob beradigan turli xil o‘quv dasturlarini taklif etadi. Ta’lim muassasasining vazifasi bolalar uchun eng yaxshi va eng mos dasturni tanlashdir. Vosiq xalqaro maktabi va bolalar bog‘chasi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlab, har bir inson kelajakda dunyoning mas’uliyatli fuqarosiga aylanishi yo‘lida tarbiya va tayyorlovga e’tibor qaratadi.
O‘quv majmuasi to‘rtta bo‘limdan iborat: maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta va katta. Har bir bo‘lim bolalarning intellektual va jismoniy rivojlanishi uchun keng ko‘lamli sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni qamrab oladi.
Besh yillik muvaffaqiyatli faoliyati davomida maktab va bolalar bog‘chasining pedagogik jamoasi o‘z faoliyatida Singapur o‘qitish metodlari va Montessori pedagogikasi kabi dunyoga mashhur dasturlardan faol foydalanmoqda. 2023 yilda o‘quv majmuasi Xalqaro bakalavriatning Jahon maktabidan vakolatli maqomga ega bo‘ldi, ya’ni Xalqaro bakalavr maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich maktab dasturi - IB PYP bo‘yicha dars berish uchun rasmiy ruxsatnomani qo‘lga kiritdi.
Xalqaro bakalavr (IB) xalqaro miqyosda tan olingan maktab tizimi bo‘lib, unda madaniyatlararo hurmat, g‘amxo‘rlik va o‘z-o‘zini rivojlantirishga urg‘u beriladi. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab xalqaro bakalavr dasturi, IB PYP, turli ilmiy sohalarda olingan bilim va ko‘nikmalardan foydalangan holda o‘qitiladigan ko‘p qirrali, transdistiplinar fanlarga ega bo‘lib, 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.
Vosiq xalqaro maktabi va bolalar bog‘chasidagi IB PYP dasturi xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining barcha talablariga javob beradi. Bolalar o‘zlarini qulay va ishonchli his qilishlari, nafaqat o‘qituvchilarni tinglash, balki fikr yuritishga - o‘z fikrlarini shakllantirishga va ifoda etishga hamisha tayyor bo‘lishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Shu bilan birga o‘qituvchilar bolalarni yo‘naltiradi va rag‘batlantiradi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga ham katta e’tibor beriladi, shuning uchun nafaqat intellektual rivojlanish, balki shaxsiy qadriyatlar tizimi ham shakllanadi.
IB PYP xalqaro bakalavr dasturini amalga oshirish doirasida maktab va bog‘cha o‘qituvchilari uchun tajribali, o‘z doirasida sertifikatga ega trenerlar rahbarligida bir qator seminar- treninglar tashkil etildi.
Bugungi kunda Vosiq xalqaro maktabi va bolalar bog‘chasidagi barcha tarbiyachi va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari IB PYP sertifikatiga ega.
Vosiq xalqaro maktabi va bolalar bog‘chasi o‘quv majmuasida dunyoning eng yaxshi ta’lim dasturlaridan biri – IB PYP bo‘yicha ingliz, o‘zbek va rus tillarida ta’lim olib boriladigan birinchi sinflarga bolalarni qabul qilish davom etmoqda.
Batafsil ma’lumotni (+998) 71-207-00-88 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Veb-sayt: vosiq.uz
Facebook: fb.com/vosiqinternational
Instagram: @vosiqinternational
Reklama
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ichki ishlar organlarining 3 xodimi korrupsiya ustida qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 20:44
-
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43
-
Nigeriya armiyasi 100dan ortiq qurolli jangarilarni yo‘q qildi
Jahon | 20:36
-
Boku va Yerevan o‘z chegaralarida uchinchi mamlakatlar kuchlarini joylashtirmaydigan bo‘ldi
Jahon | 20:26