Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada davlat sirlari moddasi bo‘yicha 20 dan ortiq ish qo‘zg‘atildi
Rossiyada davlat sirlaridan xabardor bo‘lgan va yaqinda chet elda bo‘lganlar ko‘proq sudlana boshladi. Ishlarning aksariyati o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Abxaziyaga safar qilgan odamlarga tegishli.

Foto: unami.ru
Rossiyada davlat sirlaridan xabardor bo‘lgan va xorijga chiqqan shaxslarga nisbatan jinoiy ishlar tobora ko‘payib bormoqda – hattoki ular bir necha yil oldin ishdan ketgan bo‘lsa ham. Shu tariqa, Jinoyat kodeksining “Davlat sirlarini muhofaza qilish talablarini buzish” bo‘yicha yangi moddasi bo‘yicha kamida 22 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar berdi "Mediazona" 23 iyun, juma kuni.
Nashrning aniqlik kiritishicha, oltita ish bo‘yicha hukm allaqachon chiqarilgan – sudlanuvchilar 250 ming rubldan ko‘p bo‘lmagan jarimaga tortilgan.
Eng ko‘p uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutuvchi ushbu modda Jinoyat kodeksiga 2022 yil iyul oyida kiritilgan va unga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortish amaliyoti faqat 2023 yilda shakllana boshlagan.
Asosan, Gurjistondan mustaqilligi Rossiya tomonidan tan olingan Abxaziyaga safar qilganlar ushbu ayblov bilan jinoiy javobgarlikka tortilyapti. "Pervyy otdel" inson huquqlari loyihasi advokati Yevgeniy Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu modda bo‘yicha Abxaziyadan qaytganlarning ta’qib qilinishi "FSB"ning o‘ziga xos tuzog‘idir: chiqib ketishi aniq taqiqlangan shaxsga chiqishga ruxsat beriladi, qaytganidan keyin esa jinoiy ish qo‘zg‘atiladi, chunki tan olinmagan respublikani faqat Rossiya orqali tark etish mumkin.
"Pervyy otdel" hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘n minglab odamlar yangi modda bilan javobgarlikka tortilishi mumkin: muhandislar, davlat korxonalari xodimlari, mansabdor shaxslar, xavfsizlik xodimlari va boshqa ko‘plab fuqarolar toifalari. Shu bilan birga, ishdan bo‘shatilgandan keyin besh yil davomida rahbariyatning ruxsatisiz davlatdan chiqib ketish taqiqi amalda qoladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Trampning sabri tugamoqda” - Rubio
Jahon | 14:00
-
Tojikistonda dahshatli qotillik ishi, Qozog‘istonda derazadan qulagan chaqaloq va Qirg‘izistonda taqiqlangan sim-karta «o‘rtakashligi»
Jahon | 13:37
-
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi
O‘zbekiston | 11:35
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
Mavzuga oid

09:02
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos

21:19 / 26.07.2025
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi

21:14 / 26.07.2025
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi

18:40 / 26.07.2025