O‘zbekiston | 10:13 / 21.06.2023
4090
1 daqiqa o‘qiladi

Umumta’lim maktablarida ham Prezident maktablari tajribasi asosida baholash tizimi joriy etiladi

Baholash tizimi yangi o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda tanlab olingan umumta’lim maktablarida joriy etiladi.

Foto: edu.uz

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimi” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.

Unda 60 dan ortiq umumta’lim maktabidan 100 nafardan ortiq rahbar kadrlar ishtirok etdi.

Trening doirasida ishtirokchilarga summativ-formativ baholash tizimi va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi hamda interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Ushbu baholash tizimi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda tajriba-sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, yangi o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda tanlab olingan umumta’lim maktablarida joriy etish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid