Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi Seulda Pan Gi Mun bilan uchrashdi
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen BMT sobiq bosh kotibi, Yashil rivojlanish global instituti assambleyasi raisi Pan Gi Mun bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo
Suhbat avvalida Pan Gi Munga «Bugungi Mo‘ynoq» nomli hamda «Orolni tiklash ishlari»ga bag‘ishlangan maxsus fotoalbomlar taqdim qilindi. BMT sobiq bosh kotibi fotoalbomlarda aks ettirilgan Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishib, bundan juda ta’sirlanganini ta’kidladi.
- Orol dengizi qurishining mintaqadagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga dahshatli oqibatlarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganimdan buyon, mazkur muammo men uchun iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangan, – dedi Pan Gi Mun.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘plab xalqaro forumlarda o‘zining halokatli ko‘lami bilan mintaqadan ancha uzoqqa cho‘zilgan Orol muammosiga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda, ushbu muammoni hal qilmasdan turib, mintaqa davlatlarining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlab bo‘lmaydi.
Pan Gi Mun 2022 yilda Yashil rivojlanish global institutining O‘zbekistonda vakolatxonasi ochilganini tilga olib, ushbu institut bilan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magida Orol dengizi tanazzuli oqibatlarini bartaraf etish, Qoraqalpog‘iston «yashil» reabilitatsiyasiga ko‘maklashishga qaratilgan qiymati 5,65 million AQSh dollariga teng qo‘shma loyiha doirasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarni alohida e’tirof etdi.
Shu o‘rinda, u mazkur institut vakolatxonasining O‘zbekistondagi faoliyatida Orolbo‘yi mintaqasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan yangi loyihalarga e’tibor qaratishiga ishontirdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11
Mavzuga oid

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

12:37 / 10.03.2025
O‘zbekiston fuqarosi qariyb 5,1 mln dollarga Seuldan kvartira sotib oldi

17:28 / 27.11.2024
Seuldan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reys noqulay ob-havo sabab kechiktirildi

14:40 / 30.10.2024