Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron – O‘zbekiston logistika markazi barpo etiladi
Eron bilan transport sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Joriy yiling 18 iyun kuni O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, transport koridorlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etdi.
Tomonlar «O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron» uch tomonlama multimodal transport koridorini rivojlantirish va foydalanish bo‘yicha o‘zbek tomonidan taqdim qilingan bitimni tez orada kelishish, avtomobil transportida yuk tashuvlari jarayonida Eron tomonidan o‘zbek milliy tashuvchilaridan undirilayotgan yig‘imlarni paritet asosida kamaytirish, yoqilg‘i solig‘i yig‘imlarini ham boshqa davlatlarniki bilan tenglashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Shuningdek, tomonlar mamlakatlar o‘rtasida savdo-sotiq munosabatlarini yanada rivojlantirish, yuk tashuvlari hajmini keskin oshirish maqsadida Eron – O‘zbekiston logistika markazini barpo etish, qolaversa, Eron hududida joylashgan Chobahor va Bandar-Abbos portlari hududida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida terminallar va omborlar qurish xususida kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariyada suvda cho‘kkan o‘zbekistonlik talabaning vafoti tasdiqlandi. TIV zarur choralar ko‘rmoqda
Jamiyat | 19:16
-
Mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston | 18:57
-
AQSh Venesuela prezidentini hibsga olish uchun mukofotni 50 million dollargacha oshirdi
Jahon | 18:55
-
Ayrim sohalarda mehnat shartnomalari elektron shaklga o‘tadi
Iqtisodiyot | 18:41
Mavzuga oid

11:06 / 06.08.2025
Eronda jazirama tufayli davlat idoralari va banklar yopiladi

13:10 / 31.07.2025
AQSh 2018 yildan beri Eronga qarshi eng ko‘p sonli sanksiyalar kiritdi

21:22 / 29.07.2025
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?

10:42 / 29.07.2025