Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining uyida tintuv o‘tkazildi
Politsiya 2007 yilgi saylov kampaniyasini Liviya hukumati moliyalashtirgani haqidagi tergov doirasida Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining uyida tintuv o‘tkazdi.

Foto: Getty Images
Politsiya Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining uyida tintuv o‘tkazdi. Tergov harakatlari Liviya hukumati tomonidan 2007 yilda uning saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish ehtimoli bo‘yicha tergov doirasida o‘tkazildi. Bu haqda 13 iyun, seshanba kuni sud manbalariga tayanib, dpa axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tergovchilar sobiq davlat rahbarini so‘roq ham qilgan. Yangi tekshiruvlar o‘tkazilishiga asosiy guvohning ushbu ish bo‘yicha ilgari berilgan ko‘rsatmalarini rad etishi sabab bo‘ldi.
Franko-livanlik tadbirkor Ziyod Takiddin 2016 yilda 2006 yil oxiri yoki 2007 yil boshida u Liviya rasmiylaridan o‘sha paytda Sarkozi boshqargan Fransiya Ichki ishlar vazirligiga “pul solingan chamadonlar”ni o‘tkazishda vositachi bo‘lganini aytdi. Aytilishicha, pul uning kampaniyasini moliyalashtirish uchun ishlatilgan. Keyinroq Takiddin kutilmaganda gapidan qaytdi.
Fransiya sud tizimi guvohga bosim o‘tkazish faktini tekshirmoqda, deya qayd etadi dpa agentligi.
Mavzuga oid

22:44 / 11.03.2025
Fransiya Ukrainaning qurolsizlantirilishiga qarshi ekanini ma’lum qildi

14:38 / 11.03.2025
O‘zbekiston va Fransiya: asosiy hamkorlik yo‘nalishlari qaysilar?

20:14 / 10.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

23:34 / 07.03.2025