Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda qaysi davlatlardan eng ko‘p millionerlar ko‘chib ketgani ma’lum bo‘ldi

Foto: AP
2022 yilda Rossiya ko‘chib ketgan millionerlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi badavlat odamlarga ko‘chib o‘tishda yordam qiluvchi Henley & Partners kompaniyasi. Shu bilan birga, uning emigratsiya ko‘lami bo‘yicha prognozi haqiqiy holatdan deyarli ikki baravar katta bo‘lib chiqdi.
Rossiya 2022 yilda mamlakatni tark etgan millionerlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi, bu haqda badavlat odamlarga ko‘chib o‘tishda yordam qiluvchi Henley & Partners kompaniyasi hisobotida aytiladi.
H&P ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiyani 8500 millioner tark etgan. H&P ma’lumotlariga ko‘ra, 144,4 million aholiga ega Rossiyada qariyb 67,7 ming kishining kapitali 1 million dollardan oshadi. 2022 yilda millionerlar umumiy sonining taxminan 12,5 foizi Rossiyani tark etgan.
Rossiyaning ko‘rsatkichi birinchi o‘rinni egallagan Xitoydan 2300 taga kam. Uchinchi o‘rinda Hindiston (minus 7500 millioner) joylashgan. Bundan tashqari, Hongkong, Braziliya, Buyuk Britaniya, Meksika, Janubiy Koreya va JAR dollarli millionerlarning chiqib ketishi bo‘yicha yetakchilar qatorida. Aksincha, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari va Singapur badavlat odamlarni jalb qilishda yetakchiga aylandi. Shveytsariya, AQSh, Portugaliya, Kanada, Isroil, Gretsiya va Yangi Zelandiya ham boy odamlar uchun eng qiziqarli mamlakatlar o‘ntaligiga kirdi.
2022 yilda ko‘chib kelgan badavlat kishilarning umumiy soni 84 ming kishini tashkil etdi. Bu uch yildagi maksimal ko‘rsatkich: 2020 va 2021 yillarda koronavirus tufayli migratsiya darajasi pasaygan. Shu bilan birga, 84 000 - taxminan 2016 yildagi darajaga teng: taqqoslash uchun, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 110 000 edi. Avstraliya 2015-2019 yillarda millionerlar kelishi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan, Xitoy esa 2013 yildan buyon millionerlar ketishi bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi, deya bildirdi Henley & Partners.
«Davom etayotgan beqarorlik xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy xatarlarni kuchaytirmoqda, butun dunyodagi badavlat oilalarni iqtisodiy harakatchanlikni oshirish, turmush tarzi, boyligi va merosini himoya qilish uchun investitsiya migratsiyasi orqali o‘z portfelini diversifikatsiya qilishga undamoqda», deyiladi kompaniya hisobotida.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

20:34 / 01.08.2025
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi

19:02 / 01.08.2025