Saylov byulletenining shakli, matni va tavsifi tasdiqlandi
Tajriba-sinov tariqasida ayrim saylov uchastkalarida saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi.
Markaziy saylov komissiyasining 9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan majlisida muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulleteni shakli, matni va tavsifi tasdiqlandi.
Prezidentlikka nomzodlar familiyasi, ismi va otasining ismi saylov byulleteniga, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari hamda saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalarga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi tartibida kiritiladi.
Saylov kuni ovoz berish jarayonini real vaqt rejimida (onlayn) video-translatsiya qilish maqsadida respublika barcha tuman va shaharlari hududida joylashgan ikkitagacha saylov uchastkasida videokamera va boshqa zarur qurilmalar o‘rnatish yuzasidan aniq choralar belgilab berildi.
Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovida ovoz berish jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida saylovni o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahri okrug saylov komissiyasining tavsiyasiga asosan, Toshkent shahar tumanlari hududida joylashgan ayrim saylov uchastkalarida saylov kuni saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilmoqda.
Biometrik identifikatsiya qilish deganda saylovchining shaxsini hamda mazkur saylov uchastkasining saylovchilari ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligini maxsus qurilmalar orqali Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan foydalangan holda tekshirish va tasdiqlash jarayoni tushuniladi. Tajriba-sinov tariqasida ayrim saylov uchastkalarida saylovchilarni biometrik identifikatsiya qilish tartibi tasdiqlandi va qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

15:53 / 28.02.2025
“Shols yorqin lider bo‘lolmadi, Germaniyaga esa yana millatchilik xavf solmoqda” – nemis hukumati tarkibida kimlar bo‘ladi?

19:42 / 24.02.2025
Germaniyada saylov: Shols partiyasi uchinchi o‘rinda, populistlar esa rekord o‘rnatdi

20:24 / 05.09.2024