Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Kaxovka GES bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi
Stoltenberg Kaxovka GES vayron bo‘lganligi sababli Ukrainaga humanitar yordam ko‘rsatish uchun NATO mexanizmlaridan foydalanishga va’da berdi.

Foto: Reuters
8 iyun, payshanba kuni NATO-Ukraina komissiyasining favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda Kaxovka GESning portlatilishi muhokama qilinadi, deb xabar berdi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Twitter’dagi sahifasida.
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, u Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali to‘g‘on masalasini muhokama qilgan, u ham komissiya yig‘ilishiga qo‘shiladi. “Men Dmitriy Kuleba bilan minglab odamlarni boshpanasiz qoldirib, Ukrainada ekologik halokatga sabab bo‘layotgan Kaxovka to‘g‘oni shafqatsizlarcha vayron qilingani haqida gaplashdim”, — deb yozgan Stoltenberg. NATO bosh kotibi boshqa tafsilotlarni ma’lum qilmadi.
Kulebaning o‘zi uchrashuv uning iltimosiga ko‘ra o‘tkazilishini aytdi. "Kaxovka to‘g‘oni vayron bo‘lishi oqibatida yuzaga kelgan inqirozni yumshatish uchun Yyens Stoltenberg insonparvarlik yordamini ko‘rsatish maqsadida NATO mexanizmlaridan foydalanishga va’da berdi. Shu munosabat bilan, u ertaga mening iltimosim bilan chaqiriladigan NATO-Ukraina komissiyasining favqulodda yig‘ilishiga raislik qiladi", - deydi Kuleba.
Bir yildan ortiq vaqtdan beri Rossiya harbiylari nazoratida bo‘lgan Kaxovka GES to‘g‘oni 6 iyunga o‘tar kechasi vayron bo‘ldi. Dniproning quyi oqimida nazoratsiz suv sizib chiqishi boshlandi. Kiyev va Moskva falokatda bir-birini aybladi. Mustaqil tahlilchilar to‘g‘on tungi portlash yoki o‘q uzish natijasida ham, avvalgi zararlar tufayli ham vayron bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini tan oldi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi
Fan-texnika | 19:20
-
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
Jahon | 18:49
-
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini oshkor qildi
Jahon | 18:48
-
Hamas urushni yakunlaydigan bitim talab qilmoqda. Isroil esa g‘azoliklarni ko‘chirmoqchi
Jahon | 18:40
Mavzuga oid

07:29
NATO: Patriot'ni Ukrainada tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

18:35 / 16.07.2025
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

21:23 / 15.07.2025
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

00:58 / 15.07.2025