Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
390 ot kuchi, 19,5 ming dollardan boshlanadigan narx - Geely Xitoyda Galaxy L7 krossoverini taqdim etdi

Foto: carnewschina.com
Xitoyda Geely kompaniyasining subbrendi — Galaxy'ning ilk modeli sotuvga chiqdi. Galaxy L7 gibrid krossover bo‘lib, u bir martalik to‘la quvvat va to‘la benzin zaxirasi bilan 1300 kmdan ortiqroq masofani bosib o‘ta oladi.
Galaxy L7 5 ta komplektatsiyada sotuvga chiqarilgan. Narxi esa 19,5 ming dollardan 24,4 dollargacha baholangan. Dastlabki ikkita komplektatsiyasi 9,11 kVt-soat quvvatga ega batareya bilan jihozlangan, bu 43-55 km masofa bosib o‘tishga yetadi. Qolgan uchta komplektatsiya esa 18,7 kVt-soatlik batareyalarga ega, bu orqali 90-115 km masofani toza elektr energiyada bosib o‘tish mumkin. L7 bir martalik to‘liq quvvat va to‘la benzin baki bilan 1310—1370 km masofa bosib o‘ta oladi.
1,5 litr hajmga ega turbodvigatel ikkita elektromotor bilan hamkorlikda ishlaydi. Ular jami 390 ot kuchini beradi.
Mashina salonida 3 ta displeyni ko‘rish mumkin — haydovchi oldida 10,25 dyuymli, old o‘rindiqdagi yo‘lovchi to‘g‘risida 16,2 dyuymli gorizontal displeylar va o‘rtada 13,2 dyuymli vertikal ekran. Bundan tashqari 25,6 dyuym bo‘lgan proyeksiyali displey ham o‘rnatilgan. Modelning axborot-ko‘ngilochar tizimiga Galaxy OS operatsion tizimi javob beradi.
Old o‘rindiqlar isitish va sovitish funksiyalariga ega, 11 ta karnay ovoz sifatli chiqishini ta’minlaydi, moslashuvchan kruiz-nazorat ham mavjud.
Mashinaning uzunligi 4700 mm, eni 1905 mm, bo‘yi esa 1685 mm, g‘ildiraklar bazasi bo‘lsa 2785 mmni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

16:48 / 12.07.2025
To‘la benzin baki bilan 2100 km - Geely Galaxy A7 sedani sotuvga chiqdi

11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi

14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda

12:54 / 05.10.2024