Toshkentda Cobalt to‘xtab turgan «Jiguli» bilan to‘qnashdi va uch piyodani urib yubordi
Piyodalardan biri vafot etdi.

Foto: IIBB
Toshkent shahrining Bektemir tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.
«2023 yilning 28 may kuni soat taxminan 21:30 larda Bektemir tumani, Bektemir yo‘li ko‘chasida, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchiga tegishli «Vaz-2105» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Shundan so‘ng Cobalt boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidan harakatlanib ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan», deyiladi xabarda.
YTH oqibatida 2 nafar piyoda (2000 va 2001 yilda tug‘ilgan fuqarolar) hamda Cobalt avtomashinasi haydovchisiga tan jarohati olgani sababli tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 1997 yilda tug‘ilgan piyoda olgan tan jarohatlari sababli kasalxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

17:21 / 11.03.2025
Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olishda aktrisa qizni avtomobil bosib ketdi

12:27 / 11.03.2025
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

12:10 / 11.03.2025