Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Erdo‘g‘anni prezident saylovidagi g‘alaba bilan tabrikladi
Dastlabki natijalarga ko‘ra, amaldagi prezident 52 foizdan ortiq ovoz bilan ustun kelmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni telefon orqali muloqotda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni bugun bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida erishgan ishonchli, tarixiy g‘alabasi bilan samimiy qutladi.
«Saylovning ikkinchi turida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari qardosh Turkiya xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlayotganining ishonchli ifodasi ekani qayd etildi.
Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Oliy darajadagi Kengashning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash maqsadida barcha darajalarda faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar», deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
- Turkiyada bugun, 28 may kuni prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. 14 may kuni o‘tkazilgan birinchi turda nomzodlarning hech biri g‘alaba uchun talab qilingan 50 foizdan ortiq ovozga erisha olmagandi.
- Dastlabki natijalarga ko‘ra, saylov byulletenlarining 97 foizi hisob-kitob qilinganidan keyin amaldagi prezident 52,14 foiz ovoz to‘plagan, muxolifat nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘liga saylovchilarning 47,86 foizi ovoz bergan.
- Saylovda davomat 85 foizdan ortiqroqni tashkil etgan (birinchi turda saylovchilarning 90 foizga yaqini saylov uchastkalariga borgandi).
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

23:40 / 11.08.2025
Erdo‘g‘an: BMT jiddiy islohotga muhtoj

23:12 / 10.08.2025
Turkiyada 6,1 magnitudali yer silkinishi yuz berdi

11:16 / 08.08.2025
Turkiyadagi 18 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

12:18 / 07.08.2025