Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yigit Ukrainadagi urushda halok bo‘ldi
U Rossiya qamoqxonasidan majburlab Ukrainadagi urushga safarbar qilingan.

Foto: Videodan kadr
23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sh. Tojiboyev Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashayotgan vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yigit Rossiyaga ishlash uchun borib, kafe ochgan, mashina olishga muvaffaq bo‘lgan. Rossiya-Ukraina chegarasiga odam olib ketayotganda mashinasidan geroin bilan qo‘lga tushgan. Shundan so‘ng, Sh.Tojiboyev Rossiyada qamalgan. Jazo muddatini o‘tayotgan paytida Ukrainada olib borilayotgan urush uchun «safarbar qilingan». U yerda halok bo‘lib, jasadi O‘zbekistonga yuborilgan.
Marhumning onasi uni armiyada xizmat qilmagani, qurol ushlashni bilmasligini aytib kuyundi.
«Men hech qanday xizmat qilmayman, odam o‘ldirmayman, onajonim, men bormayman, desam ham majburlashdi», deb o‘g‘lining so‘zlarini keltirdi ona.
Ayol o‘g‘lining jasadi O‘zbekistonga keltirilganini tasdiqladi.
«Hech kimga bu kunni ravo ko‘rmayman. Farzandlaringizni ehtiyot qilinglar, ishlagani ketyapti demanglar, tuhmat qilisharkan», deb murojaat qildi u boshqa ota-onalarga qarata.
Ukrainada urush boshlangach Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi qamoq jazosiga mahkum qilinganlar orasidan jangchi yollashni boshlagani haqida avvalroq ko‘plab xabarlar tarqalgan edi. Ular mahkumlarga 6 oy urush zonasida «xizmat» qilganidan keyin aybi yuvilishini, afv qilinishini va ozodlikka chiqishini va’da qilishgan. Yollanganlar orasida nafaqat rossiyaliklar, balki xorijliklar ham borligi aytilgan edi.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, moddiy manfaatdorlikni yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududidagi qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksining 154−1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘zbekiston fuqarosi xorijiy davlatlar organlariga xizmatga yollansa, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
-
Bolqon olov ichida qoldi
Jahon | 23:23 / 27.07.2025
-
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
Jahon | 22:40 / 27.07.2025
-
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Jahon | 22:11 / 27.07.2025
Mavzuga oid

22:11 / 27.07.2025
Ukraina to‘rt davlat kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan sanksiyalar kiritdi

20:30 / 27.07.2025
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi

17:56 / 27.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?

09:02 / 27.07.2025