Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar uchun stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining «Mirzo Ulug‘bek vorislari» tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock
O‘quv kurslari quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
- axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlang‘ich);
- matematik statistika;
- algoritmlash asoslari;
- ma’lumotlarni qayta ishlash;
- dasturlash tillari;
- ingliz tili;
- qaror qabul qilish asoslari.
O‘quv kurslari jamoa bo‘lib ishlash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham tashkil etilishi mumkin.
Birinchi o‘quv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.
Ta’lim olish 34 hafta muddat davomida «Blending learning — aralash ta’lim texnologiyasi» asosidagi o‘quv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.
Ushbu kurslarda o‘qish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTM bakalavriat bosqichida (barcha ta’lim shakli bo‘yicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi bo‘lmagan) talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Ushbu o‘quv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi talabalarning o‘qishi mos va turdosh yo‘nalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat OTMga akademik mobillik asosida bir yil muddatga ko‘chiriladi.
O‘quv kurslariga qabul qilingan talabalar (tinglovchilar):
- ushbu o‘quv kurslarida o‘qishi davomida BHMning to‘rt baravari (1 mln 320 ming so‘m) miqdorida har oyda bir marotaba rag‘batlantirib boriladi;
- turar joy bilan ta’minlanadi yoki asosiy o‘qish joyi bo‘lgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara to‘lovlarining bir qismi qoplab beriladi;
- o‘qishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi;
- ta’lim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) taqdim etiladi;
- IT-park rezidentlari bo‘lgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi ta’minlanadi;
- o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yo‘nalishi bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abituriyentlarga «super» imkoniyat, majburiy ro‘yxatga olinadigan hayvonlar va soxta tabiblardan ogohlik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
AQSh Falastinni tan olmoqchi emas
Jahon | 22:49
-
«To‘yga tayyorlagan qizim edi» – Ohangaron suv omborida yuz bergan fojia haqida reportaj
Jamiyat | 22:37
-
Toshkentda bu yil 374 km elektr tarmog‘i, 11 ta nimstansiya va 62 ta transformator yangilanadi
O‘zbekiston | 22:00
Mavzuga oid

10:59 / 29.11.2024
Banklarda dollar kursi birinchi marta 12 925 so‘mga ko‘tarildi

09:17 / 22.04.2024
Hindistonda o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi

07:53 / 31.08.2023
Sudyalikka talabgorlar sinovlarda nega 0 ball olganiga izoh berildi

13:12 / 23.08.2023