Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 Rossiyadan ishlov berilmagan olmoslar eksportini cheklamoqchi
Bir guruh sanoati yetakchi demokratik mamlakatlar RF g‘aznasiga milliardlab dollar olib kelayotgan ishlov berilmagan olmoslarning Rossiyadan eksportini cheklamoqchi.

Foto: Issei Kato/REUTERS
Tegishli deklaratsiya Yaponiyaning Xirosima shahrida bo‘lib o‘tadigan «Katta yettilik» sammitida qabul qilinadi, deb xabar beryapti dpa diplomatik doiralarga tayanib.
AQSh va Yevropaning Rossiya g‘aznasini to‘ldirishni kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlariga qaramay, Rossiya may oyidan o‘z zaxiralarini to‘ldirish uchun valuta xaridlarini qayta tiklaydi, chunki neft tushumlarining ortishi uning moliyasini barqarorlashtiradi. Bu haqda 2 may kuni Bloomberg xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning energiya eksportidan tushgan daromadlari hozirda belgilangan darajadan oshib ketishga yaqin.
Bloomberg Economics ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy valutaning dastlabki xaridlari oyiga yuanda 200 million dollar ekvivalentini tashkil qilishi mumkin.
«Xorijiy valutani xarid qilish hajmi dastlab kichik, ammo o‘ta ramziy bo‘ladi, chunki ular mamlakat o‘z zaxiralarini o‘zlashtirish o‘rniga ularni ko‘paytirayotganini ko‘rsatadi», — deya rossiyalik iqtisodchi Aleksandr Isakov so‘zlarini keltirgan Bloomberg.