Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda zamonaviy oziq-ovqat sanoat texnoparki tashkil etiladi
"Sirdaryo viloyatida zamonaviy oziq-ovqat sanoat texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Sirdaryo viloyati hokimligining Xovos tumani "Yangiyer" MFY hududida zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksini barpo etish maqsadida Xovos tumani "Yangiyer" MFY hududida 10 gektar maydonda “Xovos oziq-ovqat sanoat texnoparki”ni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.
Sanoat texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
- import o‘rnini bosuvchi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tovarlarni ishlab chiqarish;
- xorijiy davlatlar bozorlariga qayta ishlangan tayyor mahsulotlar eksport qilish;
- xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish va boshqa manbalar hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birlamchi va chuqur qayta ishlash hamda jamg‘arishni tashkil etish;
- meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, shuningdek, bojxona, bank, logistika, ekspress-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni amalga oshirish;
- Sanoat texnoparki Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK ta’sischiligidagi hamda shu’ba korxona shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
Sanoat texnopark bosh rejasini tuzishda, uning hududida loyihalashtirish, ta’mirlash va qurilish, jumladan ichki muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini barpo etish ishlarini amalga oshirishda “Agroservis operator” DUK buyurtmachi sifatida bosh loyiha tashkiloti va bosh pudrat tashkilotini tanlov asosida tanlaydi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023-2025 yillar davomida sanoat texnoparkini tashkil etishga tijorat banklari, xorijiy moliya institutlari va investorlarning jalb qilingan va jalb qilinishi ko‘zda tutilgan 25 mln dollar mablag‘lari hisobiga amalga oshiradi.
Bunda, sanoat texnoparki hududida ma’muriy bino, inshootlar, muzlatgichli kameralar va omborlar tashkil etilishi, qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, kalibrlash, saralash va qadoqlash binolari barpo etilishi belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:43
-
Hindiston Su-57 va F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda
Jahon | 21:42
-
Uch qahramon bozoridagi do‘konlarning 40 foizi yonib ketgan
O‘zbekiston | 20:54
-
Ichki ishlar organlarining 3 xodimi korrupsiya ustida qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 20:44
Mavzuga oid

13:59
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi

12:20 / 03.08.2025
Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025