Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada Kaliningrad nomi Krulevets deb o‘zgartirildi
Polsha rasmiy hujjatlari va kartografiyasida Kaliningrad Krulevets, mintaqa esa Krulevetskaya deb ataladi, Polsha hukumati polyaklarning Kalinin nomi bilan bog‘liq salbiy xotiralariga ishora qildi.

Foto: AFP
Polsha hukumati Rossiyaning Kaliningrad shahrini tarixiy nomi bilan Krulevets, Kaliningrad viloyatini esa Krulevetskaya deb atash to‘g‘risida qaror qabul qilganini bildirdi. Polsha hukumati 10 may, chorshanba kuni xabar berishicha, bu toponim bundan buyon rasmiy Polsha hujjatlari va xaritalarida qo‘llaniladi.
“Biz Polshada ruslashtirishni xohlamaymiz, shuning uchun Kaliningrad va uning mintaqasini o‘z tilimizda chaqirishga qaror qildik”, — dedi rivojlanish va texnologiyalar vaziri Valdemar Buda. Shuningdek, u Polsha chegarasi yaqinidagi Rossiyaning yirik shahri sovet arbobi Mixail Kalinin nomi bilan atalganini ta’kidladi - "u boshqalar qatorida 1940 yilda Katin shahrida polshalik askarlarni ommaviy qatl qilish qarori uchun javobgar bo‘lgan jinoyatchi" va bu "Polshada salbiy xotiralarni keltirib chiqaradi" .
Rossiya Varshava qarorini tanqid qildi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, bu "jinnilikka o‘xshash". Polsha tarix davomida "vaqti-vaqti bilan ruslarga bo‘lgan nafratda aqldan ozish darajasiga tushib qoladi", bu "Polsha va polyaklar uchun yaxshilik olib kelmayapti", dedi u. O‘z navbatida, Kaliningrad viloyati hukumati matbuot xizmati rahbari Dmitriy Liskov Varshava qarorini "fitna" deb atadi va rasmiy toponimlarga rioya qilishga chaqirdi. “Biz Gdanskni Dansig, Polsha Respublikasini Polsha Qirolligi deb atashimiz mumkin”, dedi u.
Kaliningrad 1255 yilda Tevton ordeni ritsarlari tomonidan tashkil etilgan va XV asr o‘rtalarida uning poytaxti bo‘lgan. Konigsberg asl nomi Chexiya qiroli Prjyemisl Otakar II ga borib taqaladi, u asta-sekin nemis tilida Kyonigsberg va Polshada Krulevetsga aylandi. 1946 yilda sovet hokimiyati SSSR Oliy kengashi prezidiumining vafot etgan raisi Mixail Kalinin xotirasiga shaharga Kaliningrad nomini berdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
-
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi
Jahon | 09:44
-
Xitoy Guanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 09:35
-
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
Jamiyat | 09:07
Mavzuga oid

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

15:10 / 07.07.2025
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi

19:21 / 04.07.2025
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi

15:39 / 02.07.2025