MSK prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning kalendar rejasini tasdiqladi
Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha kalendar reja tasdiqlandi.

Foto: Dunyo
Mazkur kalendar rejada mantiqiy izchillik asosida qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari belgilandi. Rejaga muvofiq saylov jarayonining 7 ta yo‘nalishi bo‘yicha 51 ta tadbirlar nazarda tutildi.
Reja okrug va uchastka saylov komissiyalarini tashkil etish, kuzatuvchilarning saylovoldi ishtirokini ta’minlash, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish, siyosiy partiyalar, ularning prezidentlikka nomzodlari, ularning ishonchli vakillarining saylovoldi ishtirokini ta’minlash, saylov komissiyalarini moliyalashtirish, saylovoldi tashviqoti, saylov jarayonini yoritish, ovoz berish va boshqa ishlarni qamrab olgan.
2023 yil 9 iyul kuniga belgilangan O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etish uchun 17 may – 1 iyun oralig‘ida nomzodlar ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid

20:41 / 03.06.2025
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?

17:16 / 02.06.2025
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi

11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi

09:02 / 05.05.2025