Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Milliy antidoping agentligi faoliyati bo‘yicha qaror imzoladi

Foto: TASS
“Ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi etib qayta tashkil qilindi. Milliy antidoping agentligi, jumladan:
- respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega bo‘lib, o‘z faoliyatida prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;
- Butunjahon antidoping agentligining talablari va qoidalari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi hamda tezkor joriy etadi.
Vazirlik va idoralarda yagona mehnatga haq to‘lash tizimi joriy qilingunga qadar 2023 yil 15 maydan Milliy antidoping agentligi xodimlariga quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 1 yildan 3 yilgacha – 0,3; 3 yildan 5 yilgacha – 0,6; 5 yildan 10 yilgacha – 0,8; 10 yildan 15 yilgacha – 1; 15 yildan 20 yilgacha – 1,2; 20 yildan yuqori – 1,5.
Respublikada va xorijda o‘tkaziladigan musobaqalarda doping-sinamalar olish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (International Testing Agency) o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, antidoping nazorati va monitoringi sohalari raqamlashtiriladi. Bunda:
- doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida ma’lumotlarni to‘plash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimi joriy etiladi;
- sportchilar uchun antidoping ta’lim elektron platformasi yaratiladi;
- bosqichma-bosqich Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

10:49 / 16.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

17:44 / 26.06.2025
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga yangi direktor tayinlandi

13:30 / 31.10.2024
Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari belgilandi

07:36 / 25.10.2024