Qashqadaryodagi «metan zapravkada» Nexia-2 portlab ketdi
Mashinaga gaz quyilayotganda uning balloni portlagan. Nexia-2 yaroqsiz holga kelgan, bir kishi jarohatlangan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, hodisa bugun, 2023 yil 6 may kuni soat 09:30 larda Muborak tumani «Konchilar» MFY hududida joylashgan «Avtogaz» avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.
Nexia-2 mashinasining balloniga gaz quyish vaqtida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda mashina yaroqsiz holga kelgan. Hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Mashina yaqinda bo‘lgan bir nafar fuqaro yengil darajada tan jarohati olgan va zudlikda tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.
Qayd etilishicha, hozirda, holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:29 / 04.07.2025
Rimda zapravkada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Kamida 20 kishi jarohat oldi

12:20 / 03.07.2025
Jitomir yaqinidagi portlashlar: ikki korxona yakson etilgan

21:28 / 02.07.2025
Moskva markazida ichida FSB veteranlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

10:13 / 02.07.2025